Breaking News

Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan


Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan
Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan

Al-Qoida rahbari Osama bin Laden o’ldirilganidan beri Qo’shma Shtatlarda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgan.

Uning Pokistondagi uyidan topilgan hujjat va yozuvlardan ma’lumki, al-Qoida bu mamlakat temir yo’l tizimida keng ko’lamli hujumlar rejalagan.

Ayni paytda Amerika bo’ylab xavfsizlik tizimi shay holatda. Maxsus treyningdan o’tgan iskovuch itlar ishga jalb qilingan.

“Amtrak” temir yo’l kompaniyasi uchun bu jonivorlarning xizmati beqiyos. Poyezdlar har kuni 78 ming yo’lovchini shaharlar-aro tashiydi. Odamlarni ishga olib boradi, uyiga olib keladi, deydi politsiyachi Villiam Parker.

Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan
Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan

“Itlar agentlarimiz bilan vagonlarda, bekatlarda yonma-yon yuradi. 2007 yildan beri shunday. O’shanda bu dasturni kengaytirganmiz. Qarovsiz sumkalar, shubhali buyumlarni elakdan o’tkazamiz”, - deydi politsiyachi.

Suiqasd xurujlarini bartaraf etish, belga taqilgan portlovchi materiallarni aniqlashda ham to’rt oyoqli politsiyachilarga yetadigani yo’q. Ayniqsa yo’lovchilar bilan gavjum yirik stansiyalarda itlar patrul xizmatini o’taydi.

“Bir oyda ular 150 operatsiyada ishtirok etsa, biror kor-hol ro’y bermasa, demak hammasi joyida”, - deydi politsiyachi Parker.

Iskovuch itlar Amerikada asosan yirik shaharlar orasida qatnovchi poyezdlar xavfsizligini ta’minlaydi. 2004 yili Madridda 191 kishini hayotdan olib ketgan xurujlar, shuningdek 2005 yili London metrosida sodir etilgan portlash shuni ko’rsatdiki, transport tizimlari terrorizm balosi oldida ojiz. Ham oson o’lja.

Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan
Al-Qoida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagan

“To’g’ri, tizim hamma uchun ochiq ekani, cheklovlardan xoli ekani ba’zida pand beradi”, - deydi Pensilvaniya temiryo’l xizmati boshlig’i. “Yo’lovchilarni vaqtida manziliga yetkazish eng muhimi”.

Ayni damda mudofaa va razvedka idoralari Osama bin Ladenning Pokistondagi uyida qo’lga kiritilgan hujjatlarni o’rganmoqda. Al-Qoida 11 sentabr fojiasining 10 yilligida AQSh temir yo’l tizimida xurujlar rejalagani ma’lum.

Yozuvlarda poyezdlarni izdan chiqarish va ko’prikdan qulatish haqida gap ketadi. Richard Klark bir paytlar Oq Uyda kontr-terrorizm idorasini boshqargan.

“Minglab kilometrga cho’zilgan yo’llarning har bir qarichini qo’riqlay olmaysiz. Terrorchilar shundan foydalanishga harakat qiladi. Temir yo’lni portlatish samolyotga bomba qo’yishdan osonroq”, - deydi siyosatdon.

Kevin Linch, politsiya sobiq rahbarining aytishicha, terakt natijasida tizim ishdan chiqsa savdo-sotiq to’xtaydi, iqtisodiyotga zarba bo’ladi.

“Maqsad kam mablag’ sarflab, ko’proq odamni o’ldirish bo’lsa, temiryo’l tizimi nishonda ekanidan ajablanmasa ham bo’ladi”, - deydi Linch.

Huquq-tartibot idoralarining fuqarolardan birdan bir talabi ogohlik. Bin Ladenga qarshi operatsiya paytida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar ham ayni muddao.

XS
SM
MD
LG