Al-Qoida guruhi o'z rahbari Osama bin Ladenning o'limini internet orqali tasdiqlamoqda. Terrorchi guruh AQSh va ittifoqchilaridan uning o'limi uchun qasos olishini, ularga qarshi xurujlarni davom ettirishini bildirib, bin Ladenning o'limidan bir hafta oldin yozilgan audio murojaatini chiqarishga va'da bergan.
Al-Qoida o'z bayonotida pokistonliklarni hukumatiga qarshi bosh ko'tarishga ham da'vat etgan.
Mutaxassislarning aytishicha, bin Laden o'limidan so'ng al-Qoida ustidan rahbarlik uning o'rinbosari Ayman al-Zavohiriyga o'tishi mumkin.
Al-Zavohiriyning fevral oyida chiqqan audio murojaatidan ma'lum bo'lishicha, bin Laden unga mujohidlarga shariat qonunlari bo'yicha maslahat berish vazifasini yuklagan. Ko'plab terror xurujlarini rejalashda ham al-Zavohiriy hissasi katta bo'lgan, deydi tahlilchilar.
Kasbi xirurg. Bin Laden bilan Sovet qo'shinlariga qarshi urush yillarida tanishgan. Hozirda qayerdaligi ma'lum emas.
Al-Qoida bin Laden o'lganini tasdiqladi, al-Zavohiriy o'rniga kelishi mumkin
- Amerika Ovozi
Zavohiriyning kasbi jarroh. Bin Laden bilan Sovet qo'shinlariga qarshi urush yillarida tanishgan. Hozirda qayerdaligi ma'lum emas.