Breaking News

Shifokordan terrorchiga aylangan Zavohiriy


Aytishlaricha, Zavohiriy hozir Pokiston-Afg’oniston chegarasidagi tog’li viloyatlarda yashiringan
Aytishlaricha, Zavohiriy hozir Pokiston-Afg’oniston chegarasidagi tog’li viloyatlarda yashiringan

Misr poytaxt Qohiraning ziyoli, vrachlar oilasida, to’kis xonadonda dunyoga kelib, ko’chalarini changitgan, katta bo’lib, doktor diplomini olgan odam bugun “al-Qoida”ning boshlig’i. Ayman al-Zavohiriy.

Hamrohi Osama bin Laden o’lib, endi tizgin uning qo’lida.

Lekin Qo’shma Shtatlar terrorchi tashkilotning yangi rahbariga shafqat qilmoqchi emas.

Bin Ladenni qanday qilib tinchitgan bo’lsak, Zavohiriyni ham o’ldiramiz, deydi Amerika admirali Mayk Mullen. Amerika maxsus kuchlari bin Ladenni may oyi boshida Pokistonning Abbotobod shahrida yo’q qilgan edi.

Qohiraning o'ziga to'q oilasida tug'ilgan Ayman al-Zavohiriy
Qohiraning o'ziga to'q oilasida tug'ilgan Ayman al-Zavohiriy

Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts “al-Qoida” G’arbga, Isroilga qarshi xurujlar uyushtirishda davom etishi aniq deydi.

Lekin avvalgi rahnamodan farqli ravishda Zavohiriy quruqroq. Odamlarni o’ziga tortib, ergashtira olish qobiliyatiga ega emas, deb hisoblaydi Geyts.

Shu hafta oxirida 60 yoshni uradigan Ayman al-Zavohiriy kim edi?

Boy xonadonning bu farzandi o’smirlik paytidayoq islomga astoydil ixlos qo’ygan.

U 1980 yillar boshida Pokistonning Peshovar shahriga safar qilib, qo’shni Afg’onistonda sovetlar bilan olishib, yaralangan odamlarni davoladi
U 1980 yillar boshida Pokistonning Peshovar shahriga safar qilib, qo’shni Afg’onistonda sovetlar bilan olishib, yaralangan odamlarni davoladi

1960 yillarda Misrda sotsialist Gamal Abdul Nosir hokimiyat tepasiga kelgan paytlar edi. Mamlakat sovetcha boshqaruvga o’tib, musulmonlar rahbariyat qahriga uchradi. Zavohiriy g’azabini ichiga yutdi.

Lekin doktorlikka o’qiyotib, Misr Islomiy Jihod guruhini tuzishga hissa qo’shdi.

1980 yilda Qizil Xoch Jamiyati safida ilk bor Pokistonning Peshovar shahriga safar qilib, qo’shni Afg’onistonda sovetlar bilan olishib, yaralangan odamlarni davoladi.

O’sha yiliyoq Afg’onistonga ham borib qaytdi.

1981 yilda Misr prezidenti Anvar Sadatning hayotiga uyushtirilgan suiqasdga aloqador deya hibsga olindi.

Aybsiz ekani isbotlangach, noqonuniy qurol saqlagani uchun uch yilga turmaga tashlanadi.

Zavohiriy Osama bin Ladenning do'sti, shaxsiy shikofori edi
Zavohiriy Osama bin Ladenning do'sti, shaxsiy shikofori edi

Qamoqdan chiqib, Zawohiriy Peshovarga jo’nadi. Sovet armiyasiga qarshi kurashib, Osama bin Laden bilan tanishdi va uning shaxsiy shifokoriga aylandi.

1998 yildan e’tiboran u bin Ladenning muovini edi. Zavohiriy 2001 yilning sentabrida Amerikaga qilingan hujum mualliflaridan biri deya taxmin qilinadi.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistonga qo’shin tortgach, Zavohiriy va bin Laden panaga qochadi.

Uning Amerikaga bo’lgan nafrati shaxsiy alam bilan ham bog’liq: 2001 yilning dekabrida AQSh Qandahor viloyatini bombardimon qilib, Zavohiriyning xotini va ikki bolasini hayotdan ko’z yumdi.

Zavohiriyning shiori: Amerika va uning ittifoqchilariga, ayniqsa, Isroilga imkon qadar ko’p talofat yetkazish
Zavohiriyning shiori: Amerika va uning ittifoqchilariga, ayniqsa, Isroilga imkon qadar ko’p talofat yetkazish

Suiqasd xurujlarini muhim qurolga aylantirgan bu shaxsning shiori ravshan edi: Amerika va uning ittifoqchilariga, ayniqsa, Isroilga imkon qadar ko’p talofat yetkazish.

Ommaga e’lon qilingan video-murojaatlarida Zavohiriy G’arb qo’shinlari musulmon olamidan ketmaguncha kurash davom etishini qayta-qayta takrorlaydi.

Aytishlaricha, u hozirda Pokiston-Afg’oniston chegarasidagi tog’li viloyatlarda yashirinib yuribdi.

Qo’shma Shtatlar uning qayerda ekanini aytganga 25 million dollar mukofot va’da qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG