Rossiya Qrim yarimorolini bosib olganidan so’ng Vashington va Moskva munosabatlari keskin yomonlashgan. Ayrimlar yangi sovuq urush boshlanganini da’vo qiladi.
Sovuq urush - Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishigacha kechgan raqobat. Qariyb yarim asrni o’z ichiga olgan siyosiy qarama-qarshilik. Dunyo g’arbiy va sharqiy bloklarga bo’lingan davr.
Uning negizida yotgan narsa mafkuraviy raqobat edi, deydi Jorjtaun universiteti professori Charlz Kupchan.
“Kommunistik tuzumlar kapitalizm bilan, avtoritar sistemalar demokratiya bilan to’qnash kelgan. Harbiy ustunlik uchun, rivojlanayotgan davlatlarni o’ziga ergashtirish uchun geosiyosiy bellashuv edi”.
Sovet imperiyasi qulaganidan keyin sovuq urush o’tmishda qoldi deb aytishga o’tdik, ammo Qrim Rossiyaga qo’shib olinganidan buyon bu urush yangidan boshlangudek.
Mart oyida Bryusselda qilgan nutqida prezident Barak Obama bu iddaolarni inkor etdi.
“Yangi sovuq urushga qadam qo’ymayapmiz. Sovet Ittifoqidan farqli o’laroq Rossiya bugun hamfikr davlatlarga bosh bo’layotgani, global mafkurani olg’a surayotgani yo’q”, - deydi AQSh rahbari.
Obama Rossiyani qo’shnilariga mushtini ko’rsatayotgan regional kuch deya ta’riflaydi. Ammo uning harakatlari kuch va salohiyat emas, zaiflik nishonasi, deydi u.
Professor Charlz Kupchan yuqoridagi fikrga qo’shilib deydiki, sovuq urush paytida Rossiya milliondan ziyod sonli armiyaga ega edi, dunyo bo’ylab unga qaram mamlakatlar bor edi.
“Bugun Rossiyaning 750-800 ming askari bor, harbiy-dengiz kuchlari nochor ahvolda. Ittifoqchilari deyarli yo’q va shu bois yangi sovuq urush boshlandi deyishga asos ham yo’q. Chunki avvalgi ta’sir-salobatdan hech narsa qolmagan”, - deydi ekspert.
Kolumbiya universitetidan ekspert Robert Legvold masalaga boshqa ko’z bilan qaraydi.
“Ko’pchilik fikrimga qo’shilmasa-da, sovuq urush allaqachon boshlangan. Tushunaman, so’nggi yarim asrda bo’lgani kabi yadroviy hujum soyasida qolgan murakkab, xatarli davrlar qaytishiga ishonish qiyin”, - deydi u.
Ammo o’sha paytda Sovet Ittifoqi va G’arb o’rtasida yuzaga kelgan munosabatlarning ayrim jihatlari bugun ham ko’zga tashlanmoqda.
“Oxirgi 20 yilda Rossiyaning qiyofasi mavhum qolayotgan edi, ya’ni G’arbga na do’st, na dushman. O’z navbatida, Moskvaning ham AQSh va Yevropaga munosabati shunga monand. Mana shu mavhumlik yo’qoldi. Tomonlar bir-birini ochiqchasiga eng baland minbarlardan turib dushman va raqib deb tasvirlayapti”, - deydi Legvold.
Sovuq urushning yana bir nishonasi shuki, deydi mutaxassis, Vashington ham, Moskva ham aloqalar tubdan yangilanishiga, munosabatlarda fundamental o’zgarish bo’lishiga ortiq ishonmaydi.
“Obama ma’muriyatining Kreml bilan rishtalarni mustahkamlash tashabbusi o’ldi hisob. Endi faqatgina gohida muayyan masalalarda maslahatlashish, ma’lumot almashish haqida gapirish mumkin. Bular hamkorlik darajasiga bormaydi”.
Ekspertlar fikricha, Qo’shma Shtatlar va Rossiya orasida uzoq muddatli, samimiy sheriklikka har ikki davlatda rahbarlar almashganidan so’ng umid qilsa bo’ladi.