AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays endi prezident Barak Obamaning davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchisi. Rays so’nggi paytlarda tinimsiz tanqid ostida, ayniqsa Liviyaning Bing’ozi shahrida to’rt amerikalik qanday o’lgani haqida bergan bayonotlari keyinchalik puch ekani aniqlangach Kongress a’zolari uni uquvsizlik va kaltabinlikda ayblab chiqqan edi. Prezident Obama Rays xonimni Oq Uydagi yuqori lavozimga tayinlab, bu tanqidlarni inkor etmoqda.
Syuzan Rays Vashingtonda katta bo’lgan. Otasi bir paytlar Federal zaxira, ya’ni AQSh Markaziy bankini boshqargan. Rays siyosatni ipidan ignasigacha biladi.
U nufuzli Stenford universitetida a’lo baholarga o’qigan, so’ngra Britaniyaning Oksford universitetida tahsil olgan.
Siyosiy faoliyati Bill Klinton prezidentligi davrida, maxsus yordamchi sifatida boshlangan.
Barak Obama prezidentlikka da’vo qilganida Rays uni qo’llab-quvvatlagan. 2009-yil yanvarida prezidentlikka kelgan Obama Raysni BMTga elchi etib tayinlagan.
“Syuzan Rays AQSh tashqi siyosati mexanizmi qanday ishlashini juda yaxshi biladi. Uning prezident bilan munosabatlari ishonchga asoslangan,” - deydi Amerika universiteti professori Devid Bosko.
Diplomatlar orasida Rays o’zining keskin qarashlari bilan ajralib turadi. BMT doiralarida Rossiya elchisi bilan olishgan. Diplomatik muzokaralarda ham gapning po’skallasini aytadi.
O’tgan yili AQShning Bing’ozidagi vakolatxonasiga qilingan hujum yuzasidan Rays bergan ma’lumotlar asossiz ekani ayon bo’lgach, respublikachilar unga qarshi urush ochdi.
“Men razvedka xizmati ma’lumotlariga asoslanib shunday qaror qabul qildim,” - degan edi o'shanda Rays.
Respublikachi senatorlar, shu jumladan Janubiy Karolinadan Lindzi Grem Raysning Davlat kotibi lavozimiga tayinlanishiga qarshi chiqdi. Uning nomzodi qo’yilsa, darhol rad etiladi deya ogohlantirdi:
"Rays bunday yuqori lavozimga loyiq emas. Mamlakatimizda boshqa malakali professionallar topiladi. Prezident ulardan birini tanlasin. Bing’ozidagi hodisalarni tushunmasdan valdiragan odam bunday lavozimni egallay olmaydi”.
Rays senatorlar bilan uchrashdi, gaplashdi, foyda bo’lmadi. Prezident quvvatloviga qaramay Rays lavozimni o’zi rad etdi.
“Syuzan Rays bebaho arbob. Faoliyatidan g’ururlansak arziydi,” - deydi u haqida Obama.
Davlat kotibi etib Jon Kerri tayinlandi. Endi esa prezident Obama Raysni davlat xavfsizligi masalalari bo’yicha maslahatchi lavozimiga ko’tardi. Buning uchun Kongress roziligi talab qilinmaydi.