Breaking News

Millionlab amerikaliklar hukumatdan yordam so’ramoqda


AQSh: Millionlab odamlar ishidan ayrilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:45 0:00

Koronavirus dunyo bo’ylab aks-sado berishda davom etmoqda, har kuni minglab odam uni yuqtiryapti. Korxonalar o’z eshigini yopib, tijorat to’xtab qolgan bir sharoitda ko’plab davlatlar iqtisodiy inqiroz yoqasida.

O’tgan hafta 6,6 million amerikalik ishidan ayrilgan va hukumatdan yordam so’ramoqda. AQShda uch hafta ichida ishsizlar 10 milliondan oshdi.

Iqtisodchi Deyvid Vilkoks izohicha, hozirda ishsizlik 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davridagidan ham tezroq suratda o’smoqda.

“O’shanda 10 million odam yordamga ariza topshirishi uchun taxminan to’rt oy vaqt ketgan edi. Bu gal ikki hafta ketdi xolos. Bu mehnat bozorida ahvol qanchalik tez yomonlashganini ko’rsatadi”, - deydi u.

Moliyaviy tahlilchi Mark Xemrik iqtisodiy turg’unlik sababini quyidagicha tushuntiradi:

“Barchamiz uyda o’tiribmiz. Odatda iste’mol qiladigan narsalarimizni avvalgi miqdorda sotib olmayapmiz. Qattiq choralar ko’rishga majburmiz. Bu ham mahalliy, ham global iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda”.

AQShda ishsizlik ko’rsatkichlari yanada oshishi kutilmoqda. Asosiy savol: bu qancha davom etadi?

“Iqtisodiy zarar davomiy va jiddiy bo’lishi turgan gap. Ayrim bizneslar kasodga uchraydi. 2001-yil 11-sentabrdan keyin bo’lgani kabi, ayrim narsalar butunlay o’zgaradi”, - deydi Xemrik.

“Hozir hamma davlatlarda ahvol deyarli bir xil”, - deya qo’shadi Vilkoks.

Mutaxassislarning aytishicha, iqtisodiy inqirozning haqiqiy ko’lami kelasi oylarda, koronavirusdan oldingi raqamlar bilan qiyoslaganga ma’lum bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG