AQShga kirish uchun vizaga talabgorlar ariza to'ldirayotganda bundan keyin so'nggi besh yilda qo'llagan ijtimoiy sahifalari, elektron pochtalari va telefon raqamlarini ko'rsatishi kerak bo'ladi.
Davlat departamentiga ko'ra, yangi qoida ijrosi immigrant va noimmigrant viza talabgorlariga birday majburiy bo'ladi.
Rasmiylar hisobiga ko'ra, yangi holat, asosan, salkam 15 million xorijlikka tegishlidir. Diplomatik va rasmiy viza sohiblari yangi qoidalardan mustasno bo'ladi.
Davlat departamenti yangi talablar orqali terrorchilikka aloqador insonlarning AQShga kirishini cheklashni maqsad qilgan. Vizaga da'vogarlardan anketada terror faoliyati bilan shug'ullangan oila a'zolari va qarindoshlari haqida ham savol so'raladi.
Facebook Forum