Breaking News

Kar va soqovlar ham bozorga boradi


Kar va soqovlar yaxshi ko'radigan bozor - Union Market in Washington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:42 0:00

Kar va soqovlar yaxshi ko'radigan bozor - Union Market in Washington

Bundan bir yil oldin Vashingtonda ochilgan bozor kar va soqovlar yig’iladigan joyga aylandi. AQShda eshitish yoki so’zlash qobiliyatiga ega bo’lmagan insonlar qariyb 8 millionni tashkil etadi.

Kar va soqovlar uchun bozor - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Poytaxtdagi "Union" bozorida tushlik payti. Tadeus Saggs kar mijozlar bilan bemalol muloqot qilmoqda.

23 yoshli oshpaz Amerikada kar va soqovlar foydalanadigan belgilar tilini yaxshi biladi. Chunki Saggsning o’zi ham kar. Bu yerda o’tgan yildan beri ishlaydi.

Ungacha ko’chaning narigi betida joylashgan Galladet universitetida tahsil olardi. Bu o’quv dargohi kar talabalar uchun mo’ljallangan dunyodagi yagona universitet.

Tarjimon yordamida Tadeus bilan suhbatlashamiz, uning ishi haqida so’raymiz:

“Bu joy Galladet universitetiga yaqinligi juda yaxshi. “Karlar makkasi” deb bekorga aytishmaydi. Talabalarga va boshqalarga ham xizmat ko’rsatamiz,” - deydi u.

Saggs odamlar gapini eshitmasa-da, labiga qarab tushuna oladi.

Do’kon egasi Ross Meyhud xodimining barcha mijozlar bilan bemalol muloqot qilishini aytadi:

“Xodimlarimiz orasida eng bebahosi Tadeus. Galladet talabalari orasida mijozlarimiz ko’pligining sababchisi ham aslida u”.

“Union” bozori xodimlari orasida Saggsga o’xshagan karlar 10 foizni tashkil etadi. Keri Barbin aynan shu sabab bu yerga kelishni xush ko’radi.

“Bu yerdagi muhit mendaylarga moslashtirilgan. Xodimlardan ko’pginasi tilimizni biladi va men bemalol ovqat buyura olaman,” - deydi u.

Vashington
Vashington
Bozorda kar va soqovlar uchun boshqa qulayliklar ham yaratilgan.

Inshootni loyihalashtirish jarayonida karlar ehtiyojlari inobatga olingan, deydi bu masala uchun mas’ul Hansel Bauman:

“Belgilar tilida muloqot qilayotganda, ular bir-birini ko’ra olishi kerak. Ya’ni faqat oldinga emas, balki atrofga ham qarash imkoni bo’lishi lozim. Demak, hammayoq kengroq, kattaroq bo’lsin dedik”.

Darhaqiqat, oddiy do’konlarga qaraganda “Union” bozori binosi ataylab kattaroq qilib qurilgan. Ichkarisi juda yorug’, yo’laklar ham keng. Kafe-restoranlar bitta katta maydonda joylashgan.

Tadeus Saggs fikricha, eng muhimi – odamlar orasidagi muloqot.

“Bunday biznes turi borligidan juda xursandman, chunki karlar ham, eshita oladigan odamlar ham bu yerga kelib, vaqt o’tkazadi. Birga ovqatlanadi”.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG