Breaking News

Amerikaning markaziy shtatlari yana tabiiy ofatga yuzlashmoqda


Amerikaning markaziy shtatlari kuchli yomg’ir, do’l va to’fonlardan talafot ko’rmoqda. Ikki kundan buyon davom etayotgan tabiiy ofatdan Texas va Oklaxoma shtatlari vayron. Aholi punktlari suv ostida, 75 million odam boshpanasiz. Shuningdek, siklon ta’sirida Arkanzas, Nebraska, Oklahoma va Kanzas shtatlarida ham to’fon ko’tarilgan.

Amerikaning markaziy shtatlari suv ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

​Kanzas shtati shaharlarida uch ming odam elektr energiyasiz. Ofatdan bir kun oldin shtat gubernatori favqulodda holat e’lon qilgan.

Missisippi daryosi ko’tarilishi oqibatida daryo bo’yidagi janubiy shtatlarni suv bosgan. Luiziana va Texas shtatlari eng ko’p zarar ko’rgan. Aholi bor bisotidan ayrilgan.

Texas shtati Xyuston shahridagi ikki million dollarlik hashamatli xonadonni yashin urib, yong’in ichida qolgan.

Atrofdagi aeroportlarda harakat vaqtincha cheklangan. Ayova va Texas shtatlarida elektr energiyasisiz qolgan aholi soni 100 mingdan ortiq.

Betinim yomg’irlardan ikki-uch oydan beri fermerlar dalaga chiqolgani yoq. Bu galgi ofatdan esa dalalar butkul yaroqsiz holga kelgan.

Suv toshqinlari, shuningdek, markaziy shtatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari, dehqonlarga ekin davrida kerak bo’ladigan yonilg’i va qurilish mollari transporti qatnoviga ham jiddiy zarar yetkazgan. Fermerlar ko’chatlar suv ostida qolib nobud bo’lganidan qattiq tashvishda.

Okean va atmosfera boshqarmasi bashoratiga ko’ra, noqulay ob-havo Amerika markazi yalangliklarida joylashgan shtatlar tomon yo’naladi. Suv toshqinlari, to’fonlar yana bir necha kun davom etishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG