Breaking News

300 ming amerikalik suvsiz qoldi


AQShda 300 ming aholi suvsiz qoldi/West Virginia Water Crisis
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

AQShda 300 ming aholi suvsiz qoldi/West Virginia Water Crisis

Bir haftadirki, G’arbiy Viriniya shtatining Charlston shahrida 300 ming aholi suvsiz. Elk daryosining kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi oqibatida maktab va idoralar yopildi. Suv ko’m-ko’k rangga kirgan, masazi esa qizilmiya o’simligini eslatadi.


Charlston - G’arbiy Virjiniya shtatining eng katta shahri. Elk daryosiga zaharli kimyoviy moddalar oqib chiqqanidan keyin bu yerda minglab fuqarolar ob-hayotsiz qoldi. Vaziyat tang. Shahar hokimiyati yechim qidirmoqda. Toza suvdan darak yo’q.

Rasmiylar suv qachon tozalanishi va ichish uchun bezarar bo’lishini aniq aytmayapti. Shtat gubernatori Erl Rey Tomblin deydiki, tozalash ishlari jadal ketmoqda va inqiroz yaqinda hal etiladi.

“Maxsus guruh tuzilgan va u suv zaharlangan hududda uning tarkibini izchil o’rganib chiqmoqda. Vaziyat ancha yaxshilangan. Ijobiy xabarlar kutib qolamiz. Muammo butkul hal etilishini istaymiz. Hududda xizmatlarni qayta tiklashga qaratilgan urinishlar davom etar ekan, fuqarolarimizni sabr-toqatli bo’lishga chariqaman,” - dedi gubernator.

Krandan oqayotgan suvni ichib bo’lmaydi, ovqat va hatto yuvinish uchun ishlatolmaysiz.

“Chaqalog’imiz bor. Ovqatini tayyorlash uchun suv kerak. Qayerdan olamiz, hayronman. Bola oziqasiz qolsa bo’lmaydi-ku!” - deydi bir fuqaro.

Elk daryosidagi zaharlangan suv
Elk daryosidagi zaharlangan suv
Kimyoviy moddalarning suvga oqishi sababchisi – “Freedom Industries” kompaniyasi. Ko’mir ishlab chiqarishda qo’llaniladigan ko’pikli elementning 28 000 litri 9-yanvar kuni daryoga oqizilgan. Kompaniyaga ko’ra, bu tasodif, texnik xato. Modda esa yaqin hududda joylashgan va aynan suv qayta ishlanadigan zavod tomon oqib borgan.

Kent Karper muammo bilan yuzlashayotgan Kanava tumani rahbari.

“Muammoga sabab bo’lgan zavodda ahvol yaxshi emas edi. Uning sobiq egasi ham, hozirgi egasi ham xavf-xatardan xabardor bo’lgan,” - deydi u.

Shahar maktablari va ko’pgina xususiy bizneslar yopiq. Hudud aholisiga ichimlik suvi tarqatilmoqda. Kamida 1 million litr ob-hayot yetkazib berilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG