AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyoda qishloq xo’jaligini rivojlantirish dasturlariga e’tibor qaratayapti. Misol, hozir Qirg’iziston janubida meva-sabzavotni saqlash uchun muzxonalar ishga tushirilgan.
O’sh viloyatining Novqat tumanida ochilgan yangi muzxona Amerikaning xalqaro taraqqiyot agentligi ko’magida barpo etildi.
USAID ning Qirg’izistondagi idorasi xodimi Pol Forest axboroticha, uch kun mobaynida hududda uch muzxona, yana shuncha meva quritish va qayta ishlash sexlarini ishga tushirish marosimlari bo’lib o’tadi.
Bu inshootlarni barpo etish uchun olti milliondan ziyod qirg’iz so’mi sarflangan.
Rasmiylarning aytishicha, maqsad yangi ish o’rinlari yaratish hamda mahalliy korxonalarning ish unumdorligini oshirish.
Mahalliy kengash deputati Abduboqi Tolipov zikr qilingan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda faol qatnashgan. Hozirda u shahar boshqarmasi qoshida ish boshlagan mahalliy iqtisodni rivojlantirish bo’limiga boshchilik qilmoqda. Ushbu bo’lim ham USAID ko’magida ochilgan.
“Novqat tumanida olma va boshqa mevalar ko’p yetishstiriladi. Hozir kuzda mevalarning narxi arzon. Bahorga chiqib narxlar ancha ko’tariladi. Mahalliy dehqonlar esa saqlashga imkoniyatlari bo’lmaganidan arzon baholarda yetishtirgan mahsulotini sotib yuboradi. Ular bilan fikr almashganimizda, muzxonalar bo’lsa, biz mevalarni sifatli saqlab, bahorda sotsak ikki-uch barobar ko’proq daromad olardik, degan so’zlarni aytishdi. Amerikaning xalqaro taraqqiyot bo’yicha agentligi mahalliy ishbilarmonlarni qo’llab, Novqatda uch muxhona ochilishiga katta ko’mak ko’rsatdi. Shuni aytish kerak, u muzxonalardan nafaqat egalari, balki xohlagan dehqonlar ijarasini to’lagan holda foydalanishlari mumkin”, - deydi Abduboqi Tolipov.
Aytish joizki, Janubiy Qirg’izistonda meva-cheva va poliz mahsulotlari yetishtiruvchi qator tumanlar mavjud bo’lib, yetishtirilgan hosilni saqlash asosiy muammolardan biri bo’lib qolgan.
Gap shundaki, sobiq Ittifoq davrida qurilgan kolxoz-sovxoz muzxonalari keyinchalik yo’qolib ketgan. Xususiy yakka xo’jaliklar esa o’z kuchlari bilan yaxshi jihozlangan muzxona yoki omborlar qurib olish imkoniyatiga ega emas.
Yangi ochilgan muzxonalarda ko’plab dehqon xo’jaliklari kelishilgan holda o’z mahsulotlarini saqlashi mumkin.
Mahalliy mulozimlarga ko’ra, Novqat tumanida USAID ko’magida, shuningdek, bir shahar va uch qishloq okrugi ko’chalarida zamonaviy yoritgichlar o’rnatish ishlari davom etmoqda.
Amerikaning xalqaro taraqqiyot agentligi ko’magida shahar boshqarmasi qoshida ochilgan mahalliy iqtisodni rivojlantirish bo’limi ishbilarmonlar uchun shart-sharoit yaratishni va yordam ko’rsatishni maqsad qiladi. Qishloq hukumatlarida esa USAID ushbu masalalar bilan shug’ullanish uchun maxsus mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etgan.
“O’sha mutaxassislarni USAID bir yil mobaynida o’qitdi, turli seminarlar uyushtirdi. Biznes-plan, marketing, bozor iqtisodiyoti, sarmoyadorlarni jalb qilish yo’llarini, qisqasi, biznesni rivojlantirish bo’yicha darslar o’tildi. Texnik jihatdan ham USAID katta yordam berdi. Men o’zim Yevropaning Chexiya Respublikasiga borib, tajriba almashishga muvaffaq bo’ldim”, - deydi suhbatdosh.
Aytish joizki, Amerikaning xalqaro tarraqiyot bo’yicha agentligi Qirg’izistonning turli burchaklarida xalq xo’jaligi hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish loyihalariga ko’mak ko’rsatayotir.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash muassasalariga yordam ko’rsatish, mahalliy jamoalar tashabbuslarini qo’llash shular jumlasidan.