Breaking News

Jurnalistlar va tadbirkorlar ustidan mahkama 7-martga qoldirildi


Toshkentda hokimiyatni ag’darishga urinishda ayblanayotgan jurnalistlar ustidan 5-martga belgilangan mahkama 7-martga qoldirilgan. Jurnalistlar Bobomurod Abdullayev va Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlarning ishi Toshkent shahar sudida ko’rib chiqilishi kutilmoqda.

Jurnalistlar ustidan mahkama 7-martda o'tadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:46 0:00

Sud ishi qoldirilishi Milliy Xavfsizlik Xizmati (MXX) hibsxonasida saqlanayotganAbdullayevning hayoti xavf ostida ekanligi haqidagi xabarlar bilan ham bog’liq ko’rilmoqda.

Jurnalistlar ishi ko’rilayotgan Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudida 5-mart kuni ayblanuvchilarning yaqinlari, huquq himoyachilari, xorij elchixonalari vakillari va jurnalistlardan iborat 50 dan oshiq odam yig’ilgan. Soat 14:00 ga yaqinlashganda sud kotibiyati ishni ko’rib chiqish 7-martga qoldirilganini ma’lum qilgan.

Mahkamaga borgan huquq himoyachisi Malohat Eshonqulova faollar ertalabdan sud oldida yig’ila boshlashgani, odamlarda jurnalistlarning oqlanishiga umid kuchli ekanligi, hatto qatag’onni bekor qilish chaqirilgan shiorlarga ham ko’zi tushganini aytadi.

“Toshkentdagi jamiki huquq himoyachilari, ayblanuvchilarning qarindoshlari, hatto Hayotxon Nasriddinovning nogiron ota-onasi ham ertalabdan buyon shu yerda. Bundan tashqari AQSh elchixonasidan, Yevropa elchixonalaridan ham vakillar, jurnalistlarkelishgan, lekin mahalliy jurnalistlardan hech kimni uchratmadim. 50 dan ziyod odam kelgan, hatto kimdir “jurnalistlar korrupsionerlar emas, qatog’onni bas qiling, hozir 2018-yil” deb yozilgan plakat ko’tarib olganiniga ham ko’zim tushdi. Hamma hayajonda sudning boshlanishini kutayotgan edi. Nazarimda, advokat [Sergey] Mayorovning qiynoqlar, Bobomurodning hayoti xavf ostida ekanligi haqidagi bayonotidan keyin sudlar ham sarosimada qolishgan ko’rinadi. Bugungi sud ishining qoldirilishi shu xabarga ham bog’liqdek”, - deydi Eshonqulova.

Jurnalistlar Bobomurod Abdullayev va Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorovlar ayblanuvchi sifatida taqdim etilgan bu jinoyat ishi MXX tergov guruhi tomonidan tayyorlangan.

Ayni paytdagi vaziyatga ko’ra, bu ish boshida turgan MXX katta tergovchisi Nodir To’raqulovning o’zi hibsda. Ishni yuritgan tergovchi Aleksandr Veselov ham chetlatilgan, ammo shunga qaramasdan jinoyat ishi prokuratura tomonidan tasdiqlangan va mahkamaga oshirilgan.

Advokat Sergey Mayorov mahkama boshlanishidan biroz oldin, 3-mart kuni hibsxonada Bobomurod Abdullayev bilan ko’rishgan. Bu uchrashuv jurnalistga nisbatan qo’llangan qiynoqlar tafsilotini Bobomurodning o’z so’zlari bilan ochiqlab berdi.

Bu boradagi xabarda ko’rsatilishicha, Adullayev qiynoqlar haqida advokatgayozma ko’rsatma bergan. Qiynoq u jinoyatni o’z bo’yniga olishiga qadar davom etgan. Abdullayevning tanasida qiynoq asoratlari hamon mavjud.

Bu suhbatdan so’ng advokat O’zbekiston Bosh prokurori nomiga zudlik bilan ariza yozgan. Unda jurnalistning hayoti xavf ostidaligi, unga nisbatan suiqasd uyushtirilishi mumkinligi, Abdullayevga ko’rsatilgan qiynoqlar yuzasidan zudlik bilan jinoiy ish ochish, prokuratura tomonidan tasdiqlangan aybnomani bekor qilinish so‘raladi.

Tergov jarayonida Abdullayev MXXning ayni paytdagi raisi, (sobiq bosh prokuror) Ixtiyor Abdullayevga qarshi ko’rsatma berishga ham majbur qilingani aytiladi.

Bu jarayonlarni yaqindan kuzatib kelayotgan huquq himoyachisi Surat Ikromovga ko’ra, jinoyat ishi isbotlanishi ehtimoldan yiroq. Jurnalistlar hokimiyatni ag’darish va egallash qudratida ega ekanligiga hech kim ishonmaydi.

O’zbekistonda hokimiyat almashishi ortidan yuzaga chiqqan ilk siyosiy ish - davlatga qarshi fitna uyushtirish, hokimiyatni egallashga urinish aybnomasi o’tgan yilning sentabr oyida Bobomurod Abdullayevning hibs qilinishidan boshlangan edi.

Keyinchalik oktabr oyida bloger Hayotxon Nariddinov ham shu ish doirasida MXX tomonidan hibsga olindi. Jurnalistlar hokimiyatni ag‘darish maqsadida “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida maqolalar yozishgani da’vo qilinadi.

MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov boshqaruvi paytida qo'zg'atilgan davlatga qarshi fitna ishi Islom Karimov davridan hadsiz vakolatlarga ega bo’lib kelgan MXX qudratini yangi hokimiyat davrida ham o’zgarishsiz saqlab qolish uchun uyushtirilgani haqidagi farazlar ham bor.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG