10- iyun kuni O`zbekistonga kelgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqandda marhum prezident Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. BMT Bosh kotibining O`zbekistonga safari siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga xizmat qiladi, degan umidlar bor. Guterrish va Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandda muloqot qildi. BMT Bosh kotibi O`zbekistondagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishish uchun Orolbo`yi mintaqasiga bordi.
Mirziyoyev va Guterrish hamkorlikning bugungi ahvoli va istiboqllarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda mahalliy matbuot.
Karimov qarbiga gulchambar qo`ygan Guterrish shahardagi faollar, turli elatlarning vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashgan va viloyatdagi xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishgan.
BMT rahbari O`zbekistondagi uchrashuvlari davomida inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan muzokaralar o`tkazgani haqida hozircha ma`lumot yo`q. Avvalroq BMT inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari Ziyod Raad al-Husayn O`zbekistonga tashrif buyurib, rahbariyat bilan bu masalaga fikr almashgan edi.
BMT Bosh kotibining safari xorijdagi o`zbek jamoatchiligi tomonidan umid bilan qarshilanmoqda. Faollar o’z murojaatida Guterrishni siyosiy mahbuslarni ozod etish yuzasidan muzokaralar o`tkazing, deya chaqirgan.
Murojaatda Karimov davridan buyun qamoqda saqlanayotgan 50 nafarga yaqin siyosiy-diniy mahbuslarning ism-shariflari keltirilgan. Ular qatorida Mirziyoyevning hokimiyatga kelishidan so`ng soliq va prokuraturadagi poraxo`rlikka oid chiqishlari bilan tanilgan, keyinchalik esa hibsga olingan tadbirkor Olim Sulaymonov ham bor.
Muhojirlikda yashayotgan huquq himoyachisi Bahodir Namozov murojaatga imzo chekkan faollardan biri. Unga ko`ra, BMTning inson huquqlari bo`yicha Oliy komisari ortidan Bosh kotibning O`zbekistonga safar qlayotgani, jumladan prezident Mirziyoyev bilan muzokaralar o`tkazayotgani – ijobiy jarayonlardir.
BMT Bosh kotibining O`zbekistonga safar qilayotgani muhim hodisa, deydi Namozov, ayniqsa Karimovdan keyingi davrda bo`layotgan o`zgarishlar inobatga olinsa.
"Biz Bosh kotibning O`zbekiston prezidenti va hukumati bilan muzokaralaridan quyidagilarni kutayapmiz: Asosiy talabimiz - safdoshlarimiz, O`zbekiston qamoqxonasida qolayotgan siyosiy mahbuslarning ozod etilishi. Bu BMT tomonidan O`zbekiston hukumatiga qo`yilayotgan talabalarning eng asosiysi bo`lishi kerak. Shunindek, Karimov davrida imzolangan, ammo hozirgacha mutlaqo e`tiborsiz qoldirilgan bitimlar ishlay boshlasin. Jamoatchilik tomonidan umid bilan kutib olinayotgan bu safar Andijon voqelariga nisbatan xolis baho berishga xizmat qiladi degan umiddamiz“, - deydi Namozov.
Guterrish Markaziy Osiyo bo`ylab safarda. U avval Qozog`istonda bo`ldi. O`zbekistondagi muzokarlaridan so`ng Qirg`izistonga bordi
Facebook Forum