Breaking News

Maktab o'quvchilari qurol zo'ravonligiga qarshi kurashni davom ettiradi


Maktab o'quvchilari qurol zo'ravonligiga qarshi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Floridadagi maktabda otishma yuz bergandan beri mamlakat bo'ylab o'quvchilar qurol zo'ravonligiga qarshi namoyishlar o'tkazmoqda. 14-mart kuni otishmaga bir oy to'lishi munosabati bilan barcha maktablarda 17 daqiqalik protest marshi bo'lishi kutilyapti.

14-fevral kuni Floridaning Parklend shahrida yuz bergan otishmada "AR-15" yarim avtomat quroli yordamida 17 kishi o'ldirilgan edi.

Fojiaga bir oy to'lishi munosabati bilan mamlakat bo'ylab talabalar, o'qituvchilar va boshqa xodimlar maktablarda marsh o'tkazib, shu tariqa qurol zo'ravonligiga o'z e'tirozini bildirmoqchi.

Nyu-York shahri meri Bil de Blazio o'quvchilar bilan uchrashuvda shu mavzuni muhokama qildi.

Faollarga ko'ra, qurol zo'ravonligiga oid bahslarga yoshlarning qo'shilishi muammoga yangicha ko'z bilan qarash imkonini beradi.

"Televizorni yoqsam, ommaviy otishmalarni ko'raman. Bularning oldini olish mumkin. Buni o'z ishimdek ko'raman. Bu narsa menga ham ro'y berishi mumkin edi. Nimadir qilish burchimiz", - deydi nyu-yorklik o'quvchi.

Qurolga egalik qilish huquqini beruvchi konstitutsiyaviy qoidani qo'llab-quvvatlovchilar ham oz emas.

"Qurollangan odam qachon kelishini hech qachon bilmaysiz. Bunday odam kelganda, kimdir tayyor turishi kerak. Masalan, maktabning qurolli xavfsizlik xodimi. U barcha o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash uchun qurolli hujumchini, kerak bo'lsa, o'ldirishi lozim", - deydi yana bir yuqori sinf o'quvchisi.

Vashingtondagi marsh 24-martga rejalangan. 20-aprel kuni yana bir protest bo'lishi kutilyapti. Shu kuni Koloradodagi 1999-yilgi ommaviy qirg'in yodga olinadi.

Ayrim maktablar ma'muriyati dars paytidagi marshlarni tan olmasligini va tartibga bo'ysunmagan o'quvchilar jazolanishini aytmoqda. Boshqalari esa namoyishlarni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG