Breaking News

G'arb Kremlni Navalniyni zaharlaganlikda ayblamoqda


Aleksey Navalniy
Aleksey Navalniy

Bir necha kun oldin Sibirga safari chog’ida betob bo’lib, komaga tushgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni tibbiy ko’rikdan o’tkazgan germaniyalik shifokorlarning aytishicha, Kreml tanqidchisi Sovet Ittifoqidaharbiy maqsadlarda ishlab chiqarilgan “novichok” asab agenti bilan zaharlangan.

Xalqaro hayot – 4-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:22 0:00

“Bu moddani istalgan joyda sotib olish mumkin emas. Uni faqat bir mamlakatda ishlab chiqarishadi va nazorat qilishadi – Rossiya Federatsiyasida. Kreml yoki Rossiya davlatining iziga ega bo’lgan “novichok”ni ishlatishdan maqsad nafaqat Rossiya muxolifati, balki G’arbga ham signal yuborishdir”, - deydi Londondagi “Genri Jekson jamiyati” tahlil markazidan Endryu Foksoll.

Navalniyga Omsk kasalxonasida ikki kun qaragan rossiyalik shifokorlar organizmida kimyoviy modda qoldiqlari topilmaganini aytadi. Muxolifatchi 22-avgust kuni Berlindagi kasalxonaga jo’natildi.

G’arb Rossiyani 2018-yilda “novichok” yordamida Angliyaning Salisburi shahrida rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning Yuliya ismli qizini zaharlashga uringanlikda ayblagan. Rossiya o’shanda ham bunday da’volarni inkor etgan edi.

2015-yilda Putinning yana bir tanqidchisi Boris Nemsov Kreml tashqarisida otib o’ldirilgan. Bundan 9 yil oldin esa Aleksandr Litvinenko ismli yana bir sobiq josus Londonda poloniy yordamida zaharlangan edi.

“Vladimir Putinning so’nggi 20 yildagi prezidentlik faoliyatiga nazar tashlasangiz, ko’plab siyosiy raqiblar, mustaqil jurnalistlar, korrupsiyaga qarshi faollar bir xil taqdirga duch kelganini ko’rsa bo’ladi”, - deydi muxolifatchi Vladimir Kara-Murza.

So’nggi oylarda Xabarovskda markaziy hukumatga qarshi namoyishlar kuzatildi. Qo’shni Belarusda esa Putinning ittifoqchisi Aleksandr Lukashenko hokimiyatiga qarshi namoyishlarga guvoh bo’lyapti.

“Putin Xabarovskda nima bo’layotganini, Belarusda nima bo’layotganini ko’rib, qaysidir ma’noda uni Rossiyada nima kutayotganini oldindan ko’rdi”, - deydi Foksoll.

Aleksey Navalniy hamon komada. G’arb davlatlari Rossiyadan javob talab qilmoqda.

“Yevropa Ittifoqi va NATOdagi hamkor davlatlarni tergovimiz xulosalaridan xabardor qilyapmiz. So’ng Rossiyaning javobiga qarab, birgalikda hal qilib, tegishli munosabat bildiramiz”, - dedi Germaniya kansleri Angela Merkel.

Rossiyalik diplomatlar va josuslarni haydash hamda Navalniyning zaharlanishiga aloqador shaxslarga sanksiya qo’yish kabilar bunday munosabatga misol bo’lishi mumkin.

Tahlilchi Endryu Foksollning aytishicha, G’arb Rossiya bilan iqtisodiy hamkorligini qayta ko’rib chiqishi kerak.

“Navalniyning “novichok” bilan zaharlangani “Shimoliy oqim-2” quvuri bo’yicha Rossiya bilan hamkorlikni shubha ostiga qo’yadi”, - deydi u.

Moskva Berlindan ayblovlarini dalillar bilan tasdiqlashni talab qilmoqda. Rossiya jinoyat sodir etilganiga dalil yo’q deya, tergov qo’zg’atishdan bosh tortmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG