Breaking News

Amerikalik o'quvchilar: Otishmalarga ortiq chidab o'tirmaymiz


O'quvchilar: Otishmalarga ortiq chidab o'tirmaymiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00

AQSh maktablarida qayta-qayta ro’y bergan otishmalar ketidan o’quvchilar “Hech qachon” nomli harakat tuzib, qurollar savdosini cheklashga undamoqda. Fevralda Florida maktabida 17 kishi otib o’ldirilgani katta namoyishlarga turtki berdi. Qonunchilarga bosim o’tkazish kampaniyasiga yoshlar yetakchilik qilmoqda.

24-mart kuni AQSh poytaxtida o’tgan norozilik namoyishida, hisoblarga ko’ra, 850 ming odam qatnashdi. Mamlakatda qurolga egalik huquqi inson hayotidan ustun qo’yilmoqda, deydi tashkilotchilar. Harakatni yanada kengaytirish rejada.

“Inqilobning boshlanishi bu”, - deydi yetakchilardan biri Deyvid Hog.

“Atrofga qarang, qancha odam bizni quvvatlayapti”, - deydi 11 yoshli Naomi.

18 yoshli Emma Gonzalez - Floridadagi otishmada omon qolgan o’quvchilardan. Uning aytishicha, vaziyatni saylov orqali o’zgartirish mumkin. Kuzda Kongressga saylovlar, yoshlar unda faol qatnashishi kerak.

“Butun dunyo bo’ylab siyosatchilar bizni ko’rib turishibdi, bizning talablarga e’tibor bermasdan iloj yo’q. Maktablarda fojiani boshdan kechirgan o’quvchilar kayfiyatini, qurollarni cheklash vaqti kelganini tushunyapti deb o’ylayman. Aholidan qurollarni terib oling demayapmiz, qurollar sonini cheklash kerak. Urushda qo’llanadigan avtomatlar odamlar qo’lida bo’lmasligi kerak”, - deydi faol.

O’quvchilarga ko’ra, bir yonib o’chadigan harakat emas bu. Aksiyalar natija bo’lmaguncha davom etadi.

“Kongress qonunlarni o’zgartirsin. Hayotimni shu masalaga bag’ishlayman”, - deydi Aleks Vind.

O’quvchilar rejalagan navbatdagi aksiya - saylangan vakillar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar. Kongress a’zolarining katta qismi, ayniqsa respublikachilar, qurolga egalik huquqini himoya qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG