2012-yil tabiiy ofatlar yili bo’ldi. Avstraliyadagi suv toshqinlari shahar va qishloqlarni vayron qildi. Bir kunlik kuchli yomg’ir Filippin poytaxti Manilaning yarmini suv ostida qoldirdi. AQShning aksariyat shtatlari yozda qurg’oqchilikdan aziyat chekkan bo’lsa, oktabr oxirida sharqiy sohil kuchli dovulga yuz tutdi.
Dekabr boshida Filippinda kuzatilgan Bofa to’foni 1000 dan ziyod odam hayotiga zomin bo’ldi, millionlab odamlar boshpanasiz qoldi. Undan bir oy oldin yer sharining boshqa qismida, AQShning sharqiy sohilida kuchli dovul kuzatilgan edi. Floridadan Meyngacha, Nyu-York shahridan Nyu-Jersi shtatigacha millionlar hayotiga ta’sir qilgan bu ofat iqlim o’zgarayotganining yana bir isbotidir.
“Iqlim o’zgarishi quruq gap emas, haqiqat. Havoning keskin o’zgarishi tez-tez kuzatilayotganini inkor eta olmaymiz. Bundan saboq olishimiz va kelgusi harakatlarni rejalashtirishimiz kerak,” - deydi Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo.
Sendi dovuli va Bofa to’foni global miqyosdagi o’zgarishlardan darak, deydi tabiatshunos olim Todd Senford.
“Iqlim ko’rsatkichlarini olib qaraydigan bo’lsak, sayyoramizda harorat ko’tarilayotganiga amin bo’lamiz. Nafaqat havo harorati, balki okeanu-dengizlardagi suv ham isimoqda. Muzlar erib, hajmi kamaymoqda”, - deydi olim.
BMT va Jahon Bankining yangi hisobotlariga ko’ra, kelasi 100 yil ichida yer yuzidagi harorat 3-5 gradusga ko’tariladi.
“Qurg’oqchilik, bo’ron yoki suv toshqinlari dunyoning qaysidir burchagida ro’y berayapti deydigan paytlar o’tib ketdi, kelajakda butun insoniyat ular ta’sirini seza boshlaydi. Bu haqiqiy muammo”, - deydi Jahon Banki vitse-prezidenti Reychel Kayt.
Iliqlashuv oqibatlari tabiiy ofatlar bilan cheklanmaydi. Mutaxassislar xavfli yuqumli kasalliklar, xususan diareya, ya’ni ich ketishi hollari, bezgak epidemiyasidan ogohlantirmoqda. Oziq-ovqat kamayishi natijasida ochlar soni ham ko’payadi.
“Iqlim o’zgarishi sog’liqni saqlash sohasida mavjud muammolar ko’lamini yanada oshiradi”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rasmiysi Diarmid Kempbell-Lendrum.
Noyabr oxiri, dekabr boshlarida Qatarda 194 mamlakat vakillari uchrashib, atmosferani zaharlaydigan gazlar miqdorini qanday kamaytirish borasida fikr almashgan edi. BMT homiyligidagi bu uchrashuvlarda biror hujjat qabul qilinmagan bo’lsada, global hamkorlik tomon qadam tashlanayotgani ijobiy hol, deydi tadbirda qatnashgan ekspertlar.