Breaking News

"Facebook" rahbari Kongressda savolga tutildi


“Facebook” rahbari Mark Sukerberg Senatning ikki qo’mitasida ijtimoiy tarmog’ining faoliyati xususida so’roqqa tutildi. Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, Britaniyaning “Kembrij Analitika” kompaniyasi (Cambridge Analytica) “Facebook”da ro’yxatdan o’tgan millionlab odamlarning ma’lumotlarini ularning xabarisiz to’plashga muvaffaq bo’lgan.

AQSh qonunchilari platforma foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumoti yaxshi himoyalanmaganidan tashvishda.

2016-yilda Tramp saylov shtabi respublikachi nomzodga xayrixoh saylovchilar bilan ishlash maqsadida “Kembrij Analitika” kompaniyasini yollagan edi.

Sukerbergning aytishicha, so’nggi oylarda “Facebook” platformasi xavfsizligini ancha kuchaytirdi.

“Saylovlarga aralashish maqsadida ochilayotgan hamda yolg’on xabarlarni tarqatayotgan soxta sahifalarni aniqlovchi yangi usullarni qo’llayapmiz. Fransiya, Germaniya va AQShning Alabama shtatida o’tgan saylovlar paytida o’n minglab ana shunday soxta sahifalarni yo’q qilishga muvaffaq bo’ldik”, - deydi Sukerberg.

Uning aytishicha, Rossiya hali ham “Facebook” va internetdagi boshqa resurslarni o’z foydasiga ishlatish salohiyatiga ega.

Hafta boshida kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi 87 million foydalanuvchisiga ularning ma’lumoti “Kembrij Analitika” tomonidan olingan bo’lishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. AQSh qonunchilari “Kembrij Analitika” rahbarlarini ham so’roq qilishni rejalamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG