Amerikada qariyalar hayoti qanday? Senior life in America

Your browser doesn’t support HTML5

Ayrim jamiyatlarda oila a'zolari bir-biriga yaqin, qariyalar e'zozlanadi, ulg'aygan va oila qurgan farzandlari va nevaralari bilan birga yashashda davom etadi. Ammo AQShda o'g'il yoki qiz voyaga yetgach, ota-onasidan ajralib chiqib ketadi va mustaqil hayot kechiradi. O'qish, ish deb boshqa shaharlarga ko'chish bu yerda odatiy hol. Keksalarning ba'zilari qariyalar uyiga ko'chib o'tsa, boshqalari o'z uyida yashashni afzal ko'radi. Bundaylarga turli nodavlat tashkilotlari va ko'ngillilar yordam beradi.