Yevropa AQSh razvedkasidan norozi/ NSA- Europe
Your browser doesn’t support HTML5
Amerika xavfsizlik agentligi nafaqat bu davlat, balki xorijiy fuqarolarning ham telefon muloqotlarini va elektron aloqalarini kuzatgani fosh etilgach Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya va germaniya Vashingtondan tushuntirish talab qilmoqda. Barak Obama Parijga qo'ng'iroq qilib, prezident Fransua Olland bilan gaplashgan. AQSh razvedkasi rahbari Jeyms Klepper matbuotni asossiz va noto’g’ri ma’lumot tarqatganlikda ayblamoqda. Barcha davlatlar o’z razvedka xizmatiga ega va hamma bir-birini kuzatadi, deydi u. Lekin bu bilan jamoatchilikni tinchitish qiyin.