Texas shtatida qayoqqa qaramang, hujjatsiz muhojirlar
Your browser doesn’t support HTML5
O’tgan oylar ichida AQShga, xususan Texas shtatiga Markaziy Amerika davlatlaridan minglab odam kelgan. Immigratsiya xizmati ularni darhol orqaga qaytarmay, ro’yxatga olgan. Amerikada qarindoshi borlar vaqtincha ular bilan yashab turishi mumkin, agar biror jinoyat sodir etmaganini isbotlab bera olsa. Lekin baribir sud huzuriga chaqiriladi. Texas ahli noqonuniy immigrantlardan qanchalik to’yganiga qaramay yangi mehmonlarni bag’riga olmoqda, deya hikoya qiladi Navbahor Imamova.