Gulchi o'zbek, Nyu-York
Your browser doesn’t support HTML5
Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ixchamgina gul do’koni bor. Shaharning shovqinidan, kunning sovug’idan keyin kirib, odamning bahri dili ochiladi. Ishni yuritayotgan – o’zbekistonlik muhojirlar. Amerikaning o’zida ham, O’zbekistonda ham istagan odamga gulni vaqtida yetkazib berishadi.