BMTning falastinlik qochqinlar bilan ishlovchi agentligi (UNRWA) AQShni keskin tanqid qilib, uning qarorlari Yaqin Sharqni yanada notinch qiladi, deya ogohlantirmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Agentlik rahbari Piyer Kraenbul deydiki, AQSh mablag’ni kesgani sabab moliyaviy inqiroz boshlangan.
“O’tgan yili AQSh falastinliklarga BMT doirasida ko’mak berish uchun 360 million dollar ajratdi. Bu yili esa 60 million dollar berdi xolos. Bizning tashkilotimizga har yili 1,2-1,3 milliard dollar zarur. AQSh uning katta qismini qoplar edi”, - deydi rasmiy.
Prezident Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olib, falastinliklarni yahudiy davlat bilan murosa qilishga undamoqda. Falastin ahli esa o’zini Isroil bosimi va tazyiqi ostida azob-uqubatda yashayotgan, o’z yurti tortib olingan, o’z yerida begona inson sifatida muomala qilinadigan xalq deb biladi.
Kraenbulga ko’ra, AQSh insonparvar davlat bo’lib qolishni istasa, falastinliklarni siyosiy jazolashni bas qilib, ocharchilik boshlanmasligi uchun chora ko’rishi lozim.
“BMT bu aholiga yordam ko’rsatmasa, kim ko’rsatadi? AQShdek boy davlat ularga madad ko’rsatmasa, kim ko’rsatadi?”, - deya so’raydi mutaxassis.
Falastin mustaqil davlat bo’lishni xohlaydi. AQSh buni quvvatlaydi lekin Falastin oldin Isroil bilan kelishib olishi kerak deb hisoblaydi.
BMT hozirda falastinliklar uchun global miqyosda mablag’ yig’ishni boshlagan. 800 million dollar kerak, 2018-yildagi gumanitar maqsadlar uchun.