Florida maktabida qurolli hujum, 17 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Qatliom ketidan qatliom - terror?

Florida shtatining Parklend shahrida yuqori sinf o'quvchilari bilim oladigan maktabda qurollangan kishi o't ochib, bir necha kishini yaralagan va 17 odamni o'ldirgan. Politsiya uni hibsga olgan.

Prezident Donald Tramp jinoyatni qoralab, xavfsizlikka e'tiborni oshirishga so'z bermoqda.

"Hech kim maktabda o'zini tahdid ostida his etmasligi kerak", - deydi u.

Halok bo'lganlarning 12 nafari sinfxonada bo'lgan, qolganlar esa tashqarida yurgan o'quvchilar va xodimlar.

Hujumchi 19 yoshli Nikolas Kruz bo'lib, maktabdan haydalgan o'quvchi. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lgan, deya bildiradi politsiya. Kruz maktab bilan yaxshi tanish ekan, hujumni oldindan rejalagan. Maktabga katta miqdorda o'q-dori bilan kirib, oldidan chiqqan odamlarni ota boshlagan.

O'nlab o'quvchi sinfxonalarda bir necha soat berkinib o'tirgan. Ota-onalar vahimada.

Amerika bo'ylab bunday voqealardan keyin odatda avj oladigan bahs-munozara hukmron: qurol ko'tarib yurish kerakmi yoki undan tamoman voz kechish zarurmi? Har ikki taraf katta sonli tarafdorlarga ega.

Shaxsiy xavfsizlik zaminida nima yotishi borasida qarashlar bir-biridan keskin farq qiladi.

AQSh bosh qomusi fuqaroga qurolga egalik huquqini beradi. Shtatlar bu borada o'z qonunlariga ega. Ayrim shtatlarda oddiy fuqaro qurol sotib ololmaydi.

Florida shtati fuqarosi maxsus ruxsatnoma orqali qurolga egalik qilishi mumkin.

Yanvar oyida Kentuki shtatida 15 yoshli o'quvchi ikki kishini o'tib o'ldirgan edi.

Qurolli jinoyatlardan AQShda yiliga o'nlab ming odam nobud bo'ladi.