2018-yil 16-iyul kuni AQSh va Rossiya rahbarlari o'rtasidagi uzoq kutilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Xelsinkidagi uchrashuvdan so’ng Tramp AQSh-Rossiya aloqalari tiklanayotgani haqida e’lon qildi. Biroq prezidentning Amerikadagi siyosiy raqiblari uni Rossiya rahbariga taslim bo’lganlikda, AQSh manfaatlariga xiyonat qilganlikda ayblamoqda. Qo’shma Shtatlarning Yevropadagi ittifoqchilari ham Trampning Moskva bilan aloqalarni yaxshilashga intilishini xavotir bilan qarshi oldi.
Uchrashuv qanday yakun topdi? Unda muhokama qilingan asosiy masalalar nima? Nega Tramp bu qadar keskin tanqidlar ostida qoldi va Putin huzurida aytgan ayrim gaplarini keyinroq qaytib oldi? Shu va boshqa savollar tahlilini "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi dasturiga olib chiqdik.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5