O'zbekiston qamoqxonalarida izlanishlar olib borayotgan mustaqil jurnalist bilan suhbatda nafaqat u yerdagi vaziyat balki mahbuslarning taqdiri va ruhiyati haqida ham ma'lumotlar oldik.
Your browser doesn’t support HTML5
Farhod Umarov va uning hamkasblari o'tgan yildan beri ayollar koloniyasi va balog'at yoshiga yetmaganlar qamoqxonasida suhbatlar o'tkazmoqda. Materiallar "Yosh kuch" jurnalida chiqqan va boshqa nashrlarda ham chop etilishi kutilmoqda.
Farhod Umarov bilan muloqotimizda jurnalistik talablar, sohaning bugungi ahvoli va oldindagi vazifalar haqida bafurja gaplashdik.
Tilga olingan omillar: mas'uliyat va professionalizmning pastligi; adliya tizimidagi kamchiliklar; gender masalalari, xotin-qizlarning xo'rlanishi; iqtisodiy yetishmovchilik va ijtimoiy illatlar; jurnalistika ta'limidagi nuqsonlar; jurnalistik loqaydlik va gonarardagi nomutanosiblik; jurnalistlarni himoya qiluvchi tashkilot yo'qligi va o'lmas umidlar.
Rahbar o'zgarishi jamiyat o'zgardi degani emas, deydi jurnalist.
O'zbekistonga, deydi Umarov, yangicha o'ylaydigan avlod kerak. Bu avlodni yetishtirishda jurnalistlar asosiy vazifani bajaradi.
Inson huquqlari haqida yangicha o'ylaydigan, xususan, jinsiy tengsizlik va adolatsizliklar borasida kuchli tahliliy materiallar tayyorlay oladigan mutaxassislar zarur. Ular hozir ham bor, deydi Umarov, lekin juda oz.
Xotin-qizlarning manfaatlari uchun kurashishi kerak bo'lgan tashkilotlar aslida bu borada passiv, deydi jurnalist.
Adliya va sud tizimi islohotida tahlilning roli katta, toki uni o'qib, ham fuqaro, ham mutasaddi bilim olsin, material odamlarni chora ko'rishga undasin.