2017-yilda bo’lib o’tgan “Ta’lim va kasb – 2017” ko’rgazmasi doirasida “Rossotrudnichestvo” federal agentligining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulik Rossiyada 24 mingdan ortiqo’zbekistonlik talaba tahsil olayotganini e’lon qilgan edi.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida 4 millonga yaqin o’zbek mehnat muhojiri istiqomat qiladi; ularning 50 ming nafari Rossiyaga bilim olish maqsadida kelgan.
2017-yilda 24 ming ko’rsatkich bir yil davomida 50 minggacha ko’tarilishi bu katta raqam. Rossiyada o’zbekistonlik talabalar ko’payishiga asosiy sabab - Rossiyada mehnat muhojirlarining ko’pligi. O’zbekistonlik bir guruh talabalar bilan “Amerika Ovozi” muxbiri suhbatlashganda ularning barchasi,“oila a’zolarimiz shu yerda, ular chaqirishgani uchun keldik”, deb aytishdi.
Talabalarning aksariyati yurist,iqtisodchi,muhandis kabi kasb yo’nalishlarida tahsil oladi. Shu yerda bizda savol tug’ilishi mumkin:
“Nega, axir Toshkentda ham Rossiyaoliy o’quv yurtlarning uchta filiali mavjud: Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya universiteti hamda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti. Mazkur oliygohlarda ham tahsil olsa bo’lmaydimi?”
Bu savolimizga o’zbekistonlik abituriyent Aziz Yusupovshunday javob berdi:
“Rossiyada institutlar ta’lim tizimi biznikiga qaraganda ancha rivojlangan. Agar Moskva shahrini olsak, shahar juda ham rivojlangan, Yevropa. Yevropa baribirga ham yosh avlodga qiziq. Shaxsan o’zim ham Moskvada ta’lim olishni rejalashtirayapman. Rossiyaga ketishning asosiy sabablaridan biri bu kontrakt narxlari,chunki so’nggi paytlarda O’zbekistonda kontrakt narxlari juda ham ko’tarilib ketdi. O’rtacha oylikga qarab kun kechiradigan oilalar kontraktga pul to’lay olishmaydi. Agar O’zbekistonda o’rtacha oylik 1 800 000(bir million sakkiz yuz) ming so’m deb olsak, bir yilga 10-12 million to’lash bu qiyin. Shuning uchun ham yoshlar Rossiyaga ketib, ana shu yerda ishlab, o’z maoshidan kontraktiga to’lab, hammasini uddalashmoqda".
Gubkin nomidagi Rossiya universiteti 4-bosqich talabasi Timur Salimovning gaplariga ko’ra, O’zbekiston va Rossiya ta’lim tizimini solishtirib bo’lmaydi.
“Gap shundaki, agar misol uchun neft va gaz sohasidagi ta’limni oladigan bo’lsak, O’zbekistonga neft va gaz ta’limini hamda adabiyotini olib kirgan bu Rossiya. Men kollej davrlaridan beri rus adabiyotlarini o’qib, ana shu yerdan o’rganib kelganman. Ta’lim sifati, adabiyotlarning ko’pligi, qo’llanmalarning tez o’zgarishi va talabalarga yetkazilishi, bularning barchasi Rossiyada ancha rivojlangan. Shuning uchun ta’lim tizimini bir-biriga solishtirish bu o’rinsiz deb o’ylayman”, - deydi u.
Rossiya Ta’lim vazirligining 2018-yilgi statistik ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda mamlakatda 607 ta davlat va 358 ta nodavlat oliygoh faoliyat yuritadi.
Rossiyaga ta’lim olishga kelayotgan yoshlar, avvalambor, qaysi yo’nalishda tahsil olmoqchi ekanliklarini aniqlashtirib olishlari darkor. Abituriyent tanlagan yo’nalishi bo’yicha tahsil olishni istasa, uni oldinda oliygohlar tanlovi kutadi, chunki Rossiyada oliygohlar o’rtasida raqobat katta. Abituriyent institut tanlashning o'ziga ancha vaqt sarflashi mumkin.