AQShda 2001-yilning 11-sentabridagi terror xurujlari eslanar ekan, o'sha mash'um kunda halok bo'lganlarning ism-sharifi va ular qay davlatdan bo'lgani alohida tilga olinadi.
Xotira marosimining asosiy qismi, an'anaga ko'ra, Nyu-Yorkda bo'lib o'tdi. Marosim joyi, qulagan egizak binolar o'rnida tashkil topgan 9/11 Xotira majmuida qurbonlar yaqinlari va rasmiylar yig'ildi.
Qurbonlar orasida 3 o'zbekistonlik ham bor. Marosimda shulardan biri - Gavharoy Kamardinovaning onasi va singillari ham qatnashdi.
Gavharoyning singlisi Zahro Kamardinova bu yil 11-sentabr fojeasi qurbonlari qatori opasining ism-sharifini sahnadan turib yodga oldi.
11-sentabr voqeasi bu oilaning hayotini tamoman o'zgartirib yuborgan.
Bu kun boshqa amerikaliklar qatori ular uchun ham qayg'u va matonat demakdir.
Your browser doesn’t support HTML5