Rossiyada alkogol ichimliklar iste'moli o'tgan o'nyillikda 50 foizdan oshiqqa kamaygan. Bu borada federatsiyadagi daraja hozir Fransiya va Germaniyadan ham past.
Jahon Savdo Tashkilotiga ko'ra, 2003-2016-yillar orasida Rossiyada aroq ichish ko'rsatkichi 43 foizga tushgan.
BMT agentligi hozirda Rossiyani bu masalada namuna sifatida ko'rsatmoda.
Mamlakatga aroqxo'r deb qarashni bas qilish kerak, deydi iste'molni kuzatib kelayotgan Aleksandr Cherkasov.
"Odamlar barga oldingidek ichib kayf bo'lish uchun emas, dam olish uchun va xohlagan narsasini iste'mol qilish uchun kelishadi", - deydi u.
Cherkasov "Pasternak" bari egasi. Barda asosan pivo taklif qilinadi.
"Ruslar faqat aroqqa o'ch deb o'ylasangiz, xato qilasiz", - deydi tadbirkor.
Rossiyada yaqin tarixda spirtli ichimliklar iste'molini kamaytirish uchun bir necha siyosiy qarorlar qabul qilingan. Jumladan, 1980-yillarda o'sha paytdagi rahbar Mixail Gorbachyov, keyinchalik Boris Yeltsin prezidentligi ostida. Biroq bu davrlarda mamlakatda alkogol ichish yuqori darajalarga chiqqan. Hatto rahbarlar aroq ichayotganini aks ettiruvchi tasvirlar ko'p namoyish etilar edi, masalan, Yeltsinning mast holdagi videolari va fotolari.
Vladimir Putin hokimiyatga kelgach vaziyat o'zgara boshladi, deydi tahlilchilar. Putin o'zini aroqqa emas, sport va jismoniy tarbiyaga ko'proq e'tior beradigan lider sifatida ko'rsatib, sog'lom hayot tarzini targ'ib qildi.
Shuningdek, Putin siyosatni ham shunga mosladi.
"Bu esa samara berdi", - deydi Yevgeniy Yakovlev, Moskvadagi Yangi Iqtisodiyot maktabi eksperti.
Putin spirtli ichimliklarga soliqni oshirdi, savdo soatlarini chekladi va alkogol reklamalarini man etdi.
Yosh rossiyaliklar aroq emas, boshqa ichimliklarga qiziqa boshladi. Alkogolga boshni og'ritadigan, muammoli hollarga yetaklaydigan balo degan qarash shakllandi.
21 yoshli Polina, Sankt-Peterburgda talaba, deydiki, hozir pivo ichish modada.
"Biroq gap pivoda ham emas, kim bilan o'tirganingda va muloqotda", - deya qo'shadi u.
Jahon Savdo Tashkilotiga ko'ra, 1990-yillarda Rossiyada erkaklarning umri o'rtacha 57 yil bo'lsa, hozirda 68.
Spirtli ichimliklarga talab odatda bayramlarda oshadi.