O'zbekistonning harbiy hamkori Mississippi shtati Milliy Gvardiyasi general-mayori Jenson Boylz deydiki, AQSh respublika boshdan kechirayotgan og'ir kunlarga befarq emas.
"O'zbekiston xalqi va Prezident Mirziyoyev bilan birgamiz", - deydi general-mayor.
"Buxoro viloyati va Sardoba tumani ulkan talofat ko'rdi. Bilingki, biz bu hududlarda qutqaruv va boshqa zarur ishlar bilan band odamlarni ruhan quvvatlaymiz. Milliy Gvardiyaga hamdardmiz. Va eng asosiysi, ofatlardan jabr ko'rgan aholiga hamdardmiz. Sizga eng ezgu tilaklarni yo'llaymiz".
Milliy Gvardiya AQSh bo'ylab koronavirusga qarshi choralarni tadbiq etishga safarbar etilgan. Biror shtatda tabiiy ofat yoki favqullodda vaziyat yuzaga kelsa, avvalo shu kuchlar ishga solinadi. Shu bois ham Mississippi Milliy Gvardiyasi O'zbekistondagi ahvolni kuzatib, o'z munosabatini bildirmoqda. Gvardiya respublika harbiylari bilan azaldan aloqaga ega va har yili O'zbekiston va AQShda treninglar o'tkazadi.