Vashingtonda siyosiy tarqoqlik kuchaygan bir pallada, mamlakat hamon koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan va millionlab amerikaliklar ishsizlikdan aziyat chekayotgan bir paytda, uyg’urlar AQSh Kongressi va Oq uyga o’z dardlarini eshittira oldi.
17-iyundan kuchga kirgan qonun Xitoyga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, Shinjon muxtoriyatida uyg’ur aholini azoblashda gumon qilingan amaldorlarni jazolashni ko’zda tutadi.
AQSh uyg’ur haq-huquqlarini himoya qilishni o’z tashqi siyosatidagi muhim yo’nalish va maqsadlaridan biri deya belgilagan.
Xo’sh, uyg’urlar bunga qanday erishdi? O’z manfaatlari uchun qanday strategiyalar qo’lladi?
Uyg’urlar bugun qanchalik birdam?
Geosiyosiy va iqtisodiy omillar va murakkabliklarga qaramasdan, turkiy va musulmon mamlakatlardan madad keladi degan umidni uyg’urlar nega shu kungacha boy bermagan?
Kapitoliyda uyg’urlar lideri Omer Kanat bilan keng qamrovli muloqot: