O'zbekiston: inqirozga qarshi jamg'arma mablag'lari qanday sarflandi?

Toshkent, O'zbekiston

Ekspertlar O’zbekistonda koronavirusdan o’lim holatlari keskin ortishi sabablarini inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidagi mablag‘larning samarasiz sarflanishida ham ko’rishmoqda.

Shu yil mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig’iga ko’ra pandemiya davridagi inqirozga qarshi kurash maqsadida tuzilgan bu jamg’armada xalqaro donorlardan olingan qarz hisobiga 1,2 milliard dollardan oshiq mablag’ yig’ilgan.

Hukumat pandemiya sharoitidagi inqirozga qarshi jamg’arma doirasida bu mablag’ning nimalarga sarflangani, qaysi sohalarga yo’naltirilayotgani yuzasidan davomli tarzda o’z hisobotini e’lon qilib kelmoqda.

Ammo hukumatning bu boradagi hisobotlari mamlakatdagi ekspertlar, iqtisodchilar tomonidan jiddiy shubha bilan kutib olinayotgani kuzatiladi.

Ayrim ekspertlar mamlakatda, ayniqsa, iyul oyida koronavirusdan o’lim holatlarining keskin oshib ketishi, sog’liqni saqlash tizimida kuzatilgan falajlikni ham pandemiya inqiroziga qarshi kurash maqsadida tuzilgan jamg’arma mablag’larining samarasiz ishlatilganida ko’rishmoqda.

Bu qarashlarga ko’ra, jamg’arma doirasida xalqaro donorlardan qarzga olingan, to’lovi O’zbekiston aholisi zimmasida bo’lgan millionlab mablag’ qumga oqizilgan suv kabi natijasiz ketishi mumkin. Mamlakatdagi taniqli ekspertlardan biri, iqtisodchi Abdulla Abduqodirov shunday mulohazalar bilan chiqmoqda.

“Amerika Ovozi” ekspert Abdulla Abduqodirov bilan inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi faoliyati, bu jamg’armaning koronavirusga qarshi kurashda tutgan o’rni, qarzga olingan milliard dollardan oshiq mablag’ qanchalik maqsadli sarflanayotgani yuzasidan suhbatlashdi.

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonda inqirozga qarshi jamg'arma mablag'lari qanday sarflandi?