Muxolifatdagi “Erk” partiyasi O’zbekiston prezidenti saylovlari uchun da’vogar nomzodlarni ochiqlagan dastlabki siyosiy guruh bo’ldi.
Ular hozircha - yaqinda siyosatga kirib kelgan qo’shiqchi Jahongir Otajonov va partiya Markaziy kengashi a’zosi Salavat Umrzoqov.
"Erk" 1991-yilda davlat ro'yxatiga olingan va o'zini bugungacha rasmiy maqomga ega deb biladi. 1999-yilda qayta registratsiya qilinmagan bo'lsa-da, mamlakatdagi a'zolari hamon bu partiya guvohnomasini ko'tarib yuradi va faol.
"Erk" dan da’vogarlar ro’yxati hali kengayishi mumkin. Partiya o’z nomzodini surish istagidagi faollarga ochiq ekanini bildirmoqda. Yagona nomzod keyinchalik partiyaning ichki tanlovi orqali tasdiqlanadi.
“Erk” lideri Muhammad Solih bu yilgi saylovlarda o’z nomzodini surmagan. Hukumat uning vatanga qaytishiga ruxsat bermadi. Ammo Solih prezidentlik saylovida kurashish istagidagilarni quvvatlamoqda. Solih fikricha Otajonov ham, Umrzoqov ham prezidentlikka nomzod bo’lish uchun yetarli iqtidorga ega.
Muhammad Solihning “Amerika ovoziga” aytishicha, oktabr oyida kutilayotgan saylovlar Shavkat Mirziyoyevning islohotchi prezident ekanligini isbotlashi mumkin bo’lgan so’ngi umidlardan biri.
Your browser doesn’t support HTML5