Bugun Toshkentda BMT Preventiv diplomatiya markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston tashqi ishlar vazirlari virtual muloqot qildi.
Afg‘onistonda tinchlikka erishish, bu davlat iqtisodiyotini tiklash va milliy murosa tomon harakat qilishda afg‘on xalqiga ko'maklashish kabi mavzular muhokama qilingan.
Terrorizmga qarshi kurashda mintaqaviy birdamlik zarurati qayd etilgan.
Markaziy Osiyo respublikalari Afg'onistonga siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda pandemiyadan chiqishda yordam berishga bel bog'laganini bayon etgan. Afg‘oniston, mintaqa tashqi ishlar vazirlariga ko'ra, Markaziy Osiyoning ajralmas qismi.
Energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi ko'mak salmoqli ekani ta'kidlanib, bu borada aloqani kuchaytirish xususida ham gaplashilgan.
15-16 iyul kunlari Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro anjuman o'tadi. Unda ham asosiy e'tibor Afg'onistondagi beqarorlik va uning shimol va janubdagi mamlakatlarga ta'siri haqida bo'lishi kutimoqda.