Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, u uyg'ur va turkiy musulmon ozchilik elatlar yashaydigan yarim avtonom Shinjon viloyatiga inson huquqlari bo'yicha BMT vakilining tashrif buyurishini ta’minlash ahdida "qat'iy".
“Agar ular odamlar aytayotgan narsani qilmayotganiga ishonchi komil bo’lsa, oliy komissarning bu tashrifi Xitoy manfaati uchun yaxshi va biz buni amalga oshirish uchun hamma narsani qilamiz, - dedi Guterrish. - Agar bu sodir bo'lmasa, albatta oliy komissar o'z vakolatiga mos keladigan qarorlarni qabul qiladi".
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Mishel Bashelet so'nggi uch yil davomida Shinjonga tashrif buyurish bo'yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda. Yaqinda xitoylik rasmiylar unga tashrif uchun ruxsat berishlarini aytdi, ammo bu tekshiruv o’tkazish uchun bo’lmasligi kerak. Pekin uyg'urlar huquqlari poymol qilinayotgani haqidagi da’volarni rad etib, aksincha, terrorizmga qarshi kurashayotganini ta’kidlaydi.
Huquq guruhlari va AQSh hukumati Pekinni uyg'urlar huquqlarini jiddiy poymol qilishda, jumladan qiynoqlar, majburiy sterilizatsiya, jinsiy zo'ravonlik va bolalarni majburan ota-onasidan ajratishda ayblaydi. Aholi keng qamrovli kuzatuv ostida ekani va bir milliondan ortiq uyg'ur qamoqxonalarga tashlangani aytiladi.
Buni ham ko'ring Fransiya parlamenti: Xitoyning uyg’urlarga nisbatan siyosati genotsidXitoy bu ayblovlarni asossiz deb hisoblab, Shinjon barqarorlik, taraqqiyot va farovonlikka ega ekanini da’vo qiladi. Pekin tanqid qilgan davlatlarni uning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblaydi.
Guterrish shu oy boshida qishki olimpiya oʻyinlarning ochilish marosimida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi mehmoni sifatida Pekinga tashrif buyurgan edi. U, shuningdek, Xitoy rahbari Si Zinpin va Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.
“Xitoy rasmiylariga aytganim va ochiq aytayotganim shuki, Shinjonda inson huquqlari toʻliq hurmat qilinishi kerak, lekin nafaqat inson huquqlari toʻliq hurmat qilinishi kerak, balki siyosat oʻzlikni – madaniy va diniy oʻziga xoslikni kafolatlashi kerak. Ozchiliklar hurmat qilinishi va shu bilan birga ular butun jamiyatning bir qismi bo'lish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim", - dedi bosh kotib.
“Human Rights Watch” tashkiloti BMT rahbarining so‘zlarini olqishladi.
Buni ham ko'ring AQSh Shinjonda ishlab chiqarilgan tovarlar importini taqiqlamoqda“Bular Guterrishning Shinjondagi inson huquqlari inqirozi haqidagi eng keskin soʻzlari, - dedi “Amerika Ovozi” bilan suhbatda “Human Rights Watch”ning BMTdagi direktori Lui Charbonno. - Shubhasiz, oliy komissarning Shinjonga tashrifi cheklanmagan va boshqarilmaydigan bo’lishi kerak; buni bosh kotib ochiq e’tirof etdi”.
Charbonnoning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati bunga hali rozi emas.
"Xitoyliklar aniq va izchil pozitsiyani saqlab qolganliklarini aytishdi va Pekinda hech qanday o'zgarish belgilari yo'q, - dedi u. - Ammo oliy komissar Xitoyga tashrif buyuradimi yoki yo'qmi, u Shinjon bo'yicha uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan hisobotini zudlik bilan e'lon qilishi kerak. Shinjondagi ommaviy va keng tarqalgan inson huquqlari buzilishi haqidagi bahoni a'zo davlatlarga taqdim etmaslik uchun sabab yo’q. “Human Rights Watch” nazarida bu inson huquqlari buzilishlari insoniyatga qarshi jinoyat darajasiga chiqqan".
Uyg'urlar va boshqa etnik ozchilik elatlar ahvoli haqida BMT inson huquqlari idorasi hisoboti chiqishi anchadan beri kutilmoqda, ammo hozirgacha u e’lon qilingani yo’q.
Your browser doesn’t support HTML5