Ukrainadagi o'zbekistonliklar evakuatsiyasi davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Ukraina-Polsha chegarasidagi nazorat-o‘tish punkti, 26-fevral, 2022

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Ukrainadan hozirgacha 762 fuqaro evakuatsiya qilingan. 1-mart kuni yuzlab o'zbekistonliklar Toshkentga yetib kelgan.

Ukraina-Polsha orasidagi “Korchova” nazorat-o‘tish punktida alohida joy ajratilib, u yerga yig'ilgan fuqarolar maxsus reyslar orqali vatanga uchadi.

O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalarida tezkor shtablar ochilgan. Yordam uchun quyidagi mutasaddilar bilan bog'lanish tavsiya qilinadi:

Buni ham ko'ring O'zbekiston TIV: Ukrainadagi fuqarolarga yordam beriladi

Ma'ruf Karimov (Polsha): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557

Аskar Beknazarov (Polsha) +48 508 995 888; Telegram: +99890 1160084

Sardor Ahmatov (Polsha) +48 502 501 588; Telegram: +99894 6541010

O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi: https://uzbekistan.mfa.gov.ua

Evakuatsiya qilinayotganlarga aeroportda barcha zarur mahsulotlar bilan ta’minlanadi, deya eslatmoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Turli sabablarga ko‘ra yonida hujjatlari bo‘lmagan fuqarolarga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilayotgani ma'lum.

Ukrainadan kelayotganlardan koronavirus testi va Polshaga kirish uchun viza talab qilinmaydi.

Reyslarni "O'zbekiston havo yo'llari" amalga oshirmoqda.