Rossiya hujumlarni davom ettirar ekan, Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqidan uning davlatini blokka qabul qilishni so'ramoqda.
Zelenskiy 28-fevral kuni bu boradagi arizaga imzo chekib, Bryusseldan maxsus jarayon orqali Ukrainaga eshik ochishni itimos qildi.
“Biz sizdek sheriklarimizdan minnatdormiz”, - deydi Zelenskiy said.
"Lekin biz aslida siz bilan bir bo'lishimiz kerak, Yevropaning tenq huquqli a'zosi sifatida. Buni xohlashimiz asosli, buning uchun qattiq kurashdik va umid qilamiz, buning uchun bizga imkoniyat beriladi".
Yevropa Ittifoqiga kirish yillar oladigan murakkab jarayon. Asosiy talab - blok talablariga javob beradigan darajada islohotlar qilish. Urushgacha ham bu masala muhokamada edi. Ukrainada chuqur ildiz otgan korrupsiya eng katta to'siq sifatida ko'rilayotgan edi.
Zelenskiy idorasiga ko'ra, ariza va kirish uchun zarur hujjatlar allaqachon Bryusselga jo'natilgan.
Yevropa Ittifoqi Ukrainani harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan quvvatlab kelmoqda. AQSh qatori blok ham Rossiyani sanksiyalar bilan jazolamoqda. Ittifoqqa kiradigan davlatlar o'z o'smonida Rossiyaning har qanday samolyotini taqiqlagan.
Yevropa Kommissiyasi raisi Ursula von der Leyen deydiki, Ukraina Yevropaning ajralmas qismi va blokka kirishi kerak.
Biroq blok rasmiylari qabul qilinish jarayoni tez sur'atda kechmasligini eslatmoqda.
Ukrainaning bu harakati Kremlni yanayam g'azablantiradi, deydi tahlilchilar, oydek ravshanki, Prezident Vladimir Putin uni G'arbga aslo yaqinlashmasligini istaydi. Biroq, ekspertlar fikricha, Putinning urushi aks natijalarga yetaklamoqda.
Zelenskiy G'arb davlatlarini Rossiya havo kuchlari va fuqaro aviatsiyasi uchun o'z hududlarini yopishga undamoqda.
28-fevral kuni Xarkovda Rossiya tinimsiz hujumlar qilgan, katta talofat ko'rilgan. O'tgan hafta boshlangan urushda hozirgacha, ikki tomonni hisoblaganda, minglab insonlar halok bo'ldi.
AQSh Moskvaning 12 diplomatini Nyu-Yorkda BMTdagi vakolatxonadan turib josuslik qilganlikda ayblab, vataniga haydadi.
Jenevada esa Xalqaro jinoiy sud Rossiyani urush jinoyatlarida gumon qilib, tergov boshlagan.
Sud nazarida Ukrainada Rossiya kuchlari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar qilgani xususidagi shikoyatlarda asos bor.
Ukraina hukumati da'vo qilishicha, Rossiya xalqaro qonunlarda man etilgan qurollarni, xususan vakuumli bombalarni qo'llamoqda.
"Amerika Ovozi" muxbirlarining Kiyevdan xabar berishicha, nisbatan sokin kun ketidan, shuningdek, Belarusdagi muzokaralar ortidan 28-fevraldan 1-martga o'tar kechasi poytaxtda portlashlar boshlangan.
BMT Qochqinlar agentligi hisobicha, 500 mingdan oshiq ukrainalik hozir qo'shni davlatlarga o'tgan.
Ukraina hukumati oq bayroq ko'tarib, qurolini topshirgan rus harbiylarining har biriga 5 million rubl taklif qilmoqda.
"Twitter" Rossiya davlat axborot manbalariga asoslangan tvitlarni alohida tamg'alay boshladi.
(AP, AFP agentliklariga ham tayanildi)
Facebook Forum