AQShning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski "Amerika Ovozi" bilan suhbatda tasdiqlashicha, uning idorasi hozirda to'liq ishga qaytgan. Koronavirus pandemiyasi sabab ikki yil mobaynida faoliyati cheklanib qolgan konsullik endilikda O'zbekiston fuqarolariga no-immigratsion va immigratsion vizalar berish bilan band. 2022-yilda grin-karta lotereyasi yutganlarning arizalari ham ko'rib chiqilmoqda. Intervyuda bosh konsul viza uchun murojaatchilarga qator maslahat va tavsiyalar berdi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biz bilan gaplashishga vaqt topganingiz uchun rahmat. Kelayotganimda tashqarida viza uchun navbatda turgan odamlarni ko'rdim. Hayajonda kutishyapti. Konsulxona to'liq ishga qaytdimi? Ochiqmisiz? Pandemiyadan keyingi davrmi endi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, butunlay ochiqmiz. Turli vizalar berayapmiz, immigratsion, no-immigratsion, shuningdek, amerikaliklarga ham xizmat ko'rsatamiz. O'tgan iyul-avgust oylaridan astalik bilan ishga qayta boshlagan edik. Undan oldingi 15 oy mobaynida yo yopiq turdik yo juda cheklangan miqyosda ishladik. Koronavirus pandemiyasi sabab qattiq choralar ostida edik.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar nazarida siz umuman ishlamadingiz. Lekin faoliyatingiz mutlaq to'xtamadi, shundaymi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Muayyan vaqtda ochiq turdik, ammo xizmatlar cheklandi. Keyinroq esa yopilib ham qoldik. Umuman olganda, juda oz xizmat taklif qildik. Shu bois mana hozir ish ko'p, chunki katta miqdorda murojaat va arizalar qolib ketdi.
Tiqilib qolgan murojaatlar masalasini hal qilish biz uchun birlamchi masala. Biroq o'tgan oylar ichida juda katta sonda odamlarga xizmat ko'rsata oldik. Xodimlarimiz tinim bilmay ishlashyapti.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ko'rib chiqilmagan arizalar xususida so'ramoqchi edim. Muxlislarimiz bu borada ko'p shikoyat qilishdi. Vizalar va grin-karta bilan bog'liq murojaatlari qolib ketganidan norozi bo'lishadi. Tiqilib qolgan iltimos va so'rovlar... Qancha ular?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bu murojaatlar asosan immigratsion viza uchun, ya'ni Amerikada doimiy yashash uchun ariza berganlar. Odamlar hujjat topshirgan va elchixonaga suhbatga kelishni kutayotgan bo'lgan.
Ancha oldin topshirilgan, katta sonlarda. Bu faqat O'zbekistonda emas, dunyo bo'ylab katta muammoga aylandi. Minglab arizalar haqida gap ketmoqda. Yangi arizalar kirib kelaverdi, biz esa qo'limizdagini vaqtida ko'rib chiqa olmadik. Minglab murojaatlar qolib ketdi. Avgust oyidan beri lekin O'zbekistonda biz bu sonni ikki baravar kamaytirdik. Bu orada xizmatlarimizni ham tiklay boshladik. Ishimiz bir dunyo. Ham qolib ketganini bitirishimiz kerak, ham yangi arizalarni kechiktirmay ko'rib chiqishimiz kerak. Tiqilib qolgan murojaatlar masalasini hal qilish biz uchun birlamchi masala. Biroq o'tgan oylar ichida juda katta sonda odamlarga xizmat ko'rsata oldik. Xodimlarimiz tinim bilmay ishlashyapti.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Davlat departamenti koronavirus sabab konsullik xodimlari sonini kamaytirgan edi. Sizda ham kamaydimi? Jamoangiz qanchalik katta hozir?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: O'rtacha hajmdagi konsullikmiz. Meksika va Xitoydagi konsulliklar bilan tenglasha olmaymiz, albatta, ular juda katta. Ammo O'zbekiston uchun hajmimiz yomon emas. Zimmamizdagi ishlarni eplaymiz. Mahalliy xodimlar, amerikalik xodimlar, xizmatda.
Buni ham ko'ring Uzbekistan: U.S. consular services back to normal, issuing immigrant and non-immigrant visasNavbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekistonda faqat Toshkentdasiz. Shunday ekan, ishingiz ko'p ekani tabiiy. Talab yuqoriligi konsullikni kengaytiradimi, ya'ni talab bu borada hal qiluvchi omilmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Muhim omil, ammo hozir hajmni kengaytirmaydi, chunki har yerda ish birdek ko'p. Turistik, talaba va biznes viza so'rab kelayotganlarning soni bag'oyat yuqori. Onlayn uchrashuv belgilash juda qiyin. Bu katta muammo ekanini tan olamiz. Biz jarayonni osonlashtirishga harakat qilayapmiz. Talab yuqori ekan, bizga ham tinim yo'q. Normal paytda bu qadar emas edi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar kutishdan charchagan. Uchrashuv belgilash amri mahol. Soatlab, haftalab urinib ham suhbatga kira olmayotganlar ko'p. Nega ko'proq imkoniyat taklif qilishmaydi, deb nolishadi. Xizmatni yaxshilashsin, degan talablar ham yangraydi. Bizga shunday yozganlarga odatda sabr qiling, deya maslahat beramiz. Konsulliklar butun dunyoda shunday, deymiz. Lekin odamlar sabrsiz. Siz ishingizda odamlardan ortiqcha sabr so'ray olmaysiz. Ularga viza hozir kerak. Hissiyotlar, hayajon. Bunday muhitda ishlashga qanday tayyorlanasiz?
Onlayn uchrashuv belgilash juda qiyin. Bu katta muammo ekanini tan olamiz. Biz jarayonni osonlashtirishga harakat qilayapmiz. Talab yuqori ekan, bizga ham tinim yo'q.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Kutib charchaganlar ko'pligini tushunamiz va bu charchoq asosli. Ammo pandemiya sabab shunday vaziyatdamiz. Imkon qadar jarayonni osonlashtirish payidamiz. Har hafta yangi vaqtlar ochamiz, intervyu uchun. Ular tezlikda to'ladi. Intervyusiz ham viza olish mumkin. Bunday imkoniyat ham taklif qilamiz. Oldin viza olgan, qoidalarni buzmagan bo'lsa, masalan, turist vizasida borib kelgan shaxs bo'lsangiz, uchrashuvsiz ham uni yangilashga topshirsangiz bo'ladi. Bu yo'l bilan biz odamlar uchun qulaylik yaratayapmiz. Har hafta shu tarzda vizalar berayapmiz. Uchinchidan, favqulodda sabab bilan viza so'rasangiz, uni ham ko'rib chiqamiz, ammo sabab kuchli bo'lishi kerak. Bizga bu borada elektron pochtadan yozing. Iltimosingizni ko'rib chiqamiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Tibbiy muolaja uchun, masalan, yo o'qish uchun, masalan, shundaymi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Xuddi shunday. Universitetingizga qaytishingiz kerak darhol yoki ta'lim uchun tezlikda borishingiz lozim. Davolanish uchun ham borishga majbur bo'lsa kimdir, tezlikda viza olishi mumkin. A lbatta har bir holatni sinchiklab ko'rib chiqamiz. Lekin sayyoh sifatida favqulodda viza ololmaysiz. Masalan, Nyu-Yorkka biletim bor, zudlik bilan uchishim kerak, desangiz, tekshiramiz. Suhbatga kelishingizga to'g'ri keladi. Immigratsion viza uchun topshirganlarning ishidan ancha qutulib olsak, no-immigratsion vizalar uchun ham ko'proq vaqt ajrata olamiz. Odamlar uzoq kutishga majbur bo'lmaydi. Unday normal paytlar yaqin, deb umid qilamiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Jarayon yengillashishi uchun yana qancha vaqt kerak?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Hozirgacha ko'p ishni bitirdik. Yozga borib, haqiqatan ham normal hajm bilan ishlashga o'tsak kerak. Ya'ni, qolib ketgan murojaatlar hal qilinadi va biz hozir tushayotgan arizalar bilan shug'ullanamiz. Aytganimdek, xodimlarimiz juda qattiq mehnat qilishyapti. Talab o'ta yuqori.
Immigratsion vizalar uchun murojaatlarni ko'rib chiqish uzoqroq vaqt oladi, ko'proq resurs talab qiladi. Turistik viza berishdan farqi katta. Yozga borib, jarayon ancha osonlashadi. Ayrim kategoriyadagi vizalar uchun navbat uzun emas endi, chunki ancha ishladik. Boshqalari bilan mashg'ulmiz endi. Bugun ko'rganingizdek, sayohat yoki o'qishga bormoqchiman deb viza so'rab kelayotganlar talay. Yozda ishlab kelay deb yurganlar ham ancha.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biz barcha vizalar uchun arizalar qabul qilayotganingizni bilmas edik. Muayyan vizalar berayapsiz xolos, deb o'ylagandik. Pandemiya paytida ham ayrimlar talaba vizasi olishga muvaffaq bo'ldi. Biroq hamma arizalarni ko'rib chiqa olmadingiz.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: To'g'ri, shunday bo'ldi. Sentabr oyidan beri viza uchun yo'lni kattaroq ochdik. Amerikaning boshqa konsulliklaridan ildamroq harakat qildik. Sentabrdan beri sayyohlarga viza berayapmiz.
Intervyusiz ham viza olish mumkin. Bunday imkoniyat ham taklif qilamiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston fuqarolari bilan har kuni eng ko'p yuzlashadigan muammongiz nima? Jarayon tez va silliq kechishi uchun ular qanday tayyorlanib kelsin?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Uchrashuv belgilashga qiynalishyapti, chunki navbat uzun. Maslahatim, ancha oldindan harakat qiling. Afsuski, shunda ham ish siz xohlagandek tezroq kechmasligi mumkin. Talab ko'p, vaqt oz. Viza turiga qarab, jarayon qiyinroq yo osonroq... Asosan turistik va biznes vizasiga murojaat qilishadi.
Intervyuga kelayotganda odamlar rost gapirishga tayyorlanib kelishi kerak. Suhbatda bizni safar maqsadiga ishontira olmasangiz, viza ololmaysiz. Siz menga yoqadigan gapni izlab, yo'q narsani aytmay, ayni maqsadni tushuntiring. Amerikaga nimaga bormoqchisiz, nima sizni u yerga yetaklayapti? Yashirmang yoki, menga nima ma'qul bo'lishi mumkinligini tasavvur qilmang. Viza bermasligi mumkin degan xavotir odamlarni yolg'onga undaydi. Masalan, bir universitetni tanlab, u yerga o'qishga otlanib, viza so'rayapsiz. O'sha yerda yaqiningiz bor. Buni yashirmang. Bu biz uchun muhim faktor.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yolg'onga berilmang, ya'ni.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Yolg'onga berilmang. AQShda yuzlab universitetlar bor. Sizga qarindoshingiz o'sha yerda borligi sabab birortasi ma'qul kelgan bo'lsa, biz buni tushunamiz. Amakingiz yoki akangiz ham u yerda ekanini bilganimiz yaxshi. Biz buni tushunamiz. Aksincha, yashirsangiz, bu qarorga salbiy tas'ir qiladi. Maslahatlar talay, lekin eng muhimi - rostgo'ylik.
Buni ham ko'ring AQSh vizasi qachon va nega rad etiladi?Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biz bilan bog'langanlarga ham shunday deymiz. "Amerika Ovozi" bo'lganimiz uchun odamlar biz hamma narsani bilamiz, deb hisoblashadi. Bilmaymiz. Albatta kuzatamiz, o'qiymiz, ko'zdan qochirmaslikka harakat qilamiz. Bugun konsulxona yonida turganlar bilan gaplashayotganimda bir yigit yaqinda olgan vizasi haqida so'radi. Yozda AQShga sayohat va ishlash vizasi. 17-mart kuni olibdi. Programma esa mayda boshlanar ekan. Hozir uchib ketsam bo'ladimi deb so'rayapti. Shuni aniqlashtirish uchun kelibdi. Viza olgach, u qay turda bo'lishidan qat'i nazar, qachon safarga chiqqan ma'qul? Nimaga bunda e'tibor berish kerak?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Turist yoki biznes vizasida ayrim istisnolar bor. Odatda viza olgach, o'sha kuni oqshom uchib ketish mumkin. Talabalar o'qish boshlanishidan bir oy oldin borishi mumkin. Undan erta bora olmaysiz. Sayohat va mehnat uchun viza olsangiz, muayyan qoidalari bor. Yozilgan bo'lishi kerak. Saytimizda ham bor bu informatsiya. Bizga yozsangiz ham bo'ladi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Men ham u yigitga yo'riqnomani o'qishni maslahat berdim.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: To'g'ri qilibsiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Hujjatlar bilan tanishish kerak, detallarga e'tibor berish zarur.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Saytimizda ma'lumot ko'p. O'zbek, rus va ingliz tillarida, turli vizalar va ularning shartlari haqida. Elektron pochtamizga ham yozishingiz mumkin, ammo ular to'la. Ikki kunda javob olasiz, balki, lekin albatta o'qiymiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Eng ko'p eshitadigan nolamiz: menga viza berishmadi... rad etildim. Nima uchun berilmaganini tahlil ham qilishadi, muhokama qilishadi. Taxminlar cheksiz. Rad etilishning asosiy sabablari nimada?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Viza kategoriyasiga bog'liq. Immigratsion vizalar aksariyat hollarda beriladi, chunki arizalar allaqachon AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati tekshiruvidan o'tgan. Bizga keladi ular. Umuman olganda, ular qabul qilinadi.
Intervyuga kelayotganda odamlar rost gapirishga tayyorlanib kelishi kerak. Suhbatda bizni safar maqsadiga ishontira olmasangiz, viza ololmaysiz.
Talaba yoki ish vizasi so'rayotgan bo'lsangiz, turli jihatlari ko'p. Eng ko'p kuzatiladigan sabab, turist yoki biznes vizasi uchun rad etilganida, masalan, siz konsulni AQShdan qaytishingizga ishontira olmagansiz. No-immigratsion viza so'rayotgan odam vatanga albatta qaytishini asoslab berishi kerak. Ya'ni, siz immigrantga aylanishga bel bog'lamagansiz. Biz shundan shubhalanamiz. Intervyuga kelganingizda, siz bilan gaplashayotgan xodim siz Amerikaga vaqtincha ketayotganingizga ishonch hosil qilishi kerak. Biznes, yaqinlaringizni ko'rish yoki aylanish - siz qaytishingiz shart. Agar savol-javobda shu aniqlashmasa, har holda viza sizga rad etiladi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Moliyaviy status bu yerda qanchalik muhim? Men kamida besh millionerni bilaman, yillar davomida viza ololmagan. Nima asos ko'rsatsam ham berishmadi, deyishgan. Ular bundan shokka tushgan. Moliyaviy kafolat berdim, bizneslarim va hayotim O'zbekistonda dedim, ammo baribir ishonmadi, deyishgan. Hatto biznes uchun borishga uringan o'zbek boylar bor, viza olisholmagan.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Har bir holat o'ziga xos. Bir-biridan farq qiladi. Men siz aytayotgan holatlarning tafsilotlarini bilmayman, ammo viza olayotganlar orasida badavlatlari ko'p. Har xil odamlar kelishadi huzurimizga. Har bir arizani izchil ko'rib chiqamiz. Konsullikda ishlash shunisi bilan qiziq. O'zbeklarni AQShga turli sabablar yetaklaydi. Sport musobaqalari, almashinuvlar, oila, biznes... Ajoyib sabablar. Ikki dunyoni bog'lab turgan omillar.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'qish uchun, agar qisqa muddatli kurslarga bormoqchi bo'lsangiz, ko'pincha rad etilasiz. Til kurslari yoki seminarlarga . Lekin agar bakalavr, magistr yoki doktoranturaga kirsangiz, viza olish ehtimolingiz yuqori, shundaymi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Talaba vizasi uchun birinchidan, siz aynan o'qish uchun ketayotganingizni isbotlashingiz kerak. Jiddiy talabasiz, yagona maqsad - bilim olish. Siz universitetda o'qiysiz va ta'lim dasturi asosida ish tutasiz. Siz o'qishga tayyorsiz, biz bunga ishonch hosil qilishimiz kerak. Yana bir talab, siz bu vaqtda o'zingizni moliyaviy jihatdan eplay olasiz. O'qish uchun mablag' bor. Statistikani hozir ko'rsata olmayman, lekin to'rt yillik o'qishga kirgan bo'lsangiz, ishingiz osonroq kechadi, deb o'ylayman.
Ingliz tilini o'rganaman deb qisqa kurslarga bormoqchi bo'lsangiz, nega aynan u yerga deb so'raymiz. Chunki bu kursni boshqa joylarda ham olish mumkin. Yo'l uzoq va bu dasturlar arzon emas. Ya'ni qisqa kurslarga borish bakalavr yoki magistrlik uchun borishdan qiyinroq.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Pandemiya bu borada qanday o'zgarishlar olib keldi? Pandemiyada masofadan turib ishlash va o'qishni odat qildik. Amerikaga borish shart emas, ishni masofadan bitirish mumkin deb ko'plarga viza bermaslik uchun sabab yetarli. Til o'rganishdan tortib konferensiyalargacha. To'g'rimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Biz bunday yondashuvdan yiroqmiz. Kimdir Nyu-Yorkka biznes xarid uchun bormoqchi bo'lsa, AQSh bunday maqsad uchun ma'qul bo'lsa, masalan, biz bunga jiddiy qaraymiz. Bu narsani boshqa joydan olsa bo'ladi, demaymiz. Biz har bir holatga o'ziga xos omillariga binoan qaraymiz.
Agar biror yig'inga borishdan manfaatdor bo'lsangiz, ahamiyati yuqori bo'lsa, biz bu murojaatni ko'rib chiqamiz. Albatta bunga bizni ishontira olishingiz kerak. Turist yoki biznes vizasi, olsangiz, tartibni buzmay qaytishingizga konkret sabablar ko'rsata olishingiz kerak.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Viza muddati bitishini kutmay qaytish shart. Bu borada O'zbekistonda hisob qanday o'zi? O'zbekiston fuqarolari vatanga qaytish bo'yicha ishonchni qanchalik oqlay olgan shu kungacha?
Talaba vizasi uchun birinchidan, siz aynan o'qish uchun ketayotganingizni isbotlashingiz kerak. J
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Davlat departamenti buni chop etmaydi. Biroq biz qaytish masalasini chuqur o'rganamiz. Viza turi va ularning buzilish hollarini kuzatamiz. Umumiy ma'lumot saytimizda bor. Biz bunda muayyan davlat fuqarolariga emas, qanday vizalar buzilayotganiga e'tibor qaratamiz.
Agar biror kategoriyadagi viza to'g'ri qo'llanilmayotgan bo'lsa, bu boradagi qarorlarimizga ta'sir qiladi, aynan shunday vizalarni berishda o'zgarishlar qilamiz. Lekin, qarang, biz hozir O'zbekistonda hatto yozda AQShga sayohat va u yerda vaqtincha ishlash imkoniyatini beruvchi viza ham berayapmiz. Talaba bo'lishingiz kerak buning uchun. Ishlaysiz, shuningdek, Amerika bilan yaqindan tanishasiz. Bu dastur hamma davlatlarda ham taklif qilinmaydi, chunki borganlar ko'p hollarda qolib ketadi. Ikki yillik tanaffusdan keyin biz O'zbekistonda bu programmani yana yuritayotganimizdan xursandmiz. Allaqachon bir necha odamga bunday viza berdik. Talabalar hozir tayyorlanishyapti.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar Amerika konsulliklaridagi intervyuga qo'rqinch va xavotir bilan borishadi. Asabiylashishadi. Bu esa ularning siz bilan qanday muloqot qilishiga va pirovardida natijaga ta'sir qiladi. Siz bu masalaga qanday yondashasiz? Keyinroq bu mavzuga yana qaytaman, chunki siz kundalik ravishda O'zbekiston madaniyati va mentaliteti bilan ishlaysiz. Siz va hamkasblaringiz buning uchun treningdan o'tgan bo'lishi kerak, shundaymi? Boshqa diplomatlarga qaraganda, siz o'zbekistonliklar bilan ko'proq va bevosita ishlaysiz. Ularning zaif tomonlarini ko'rasiz. Muammolarini eshitasiz. Kimdir ko'zida yosh bilan keladi. Kimdir o'ta mag'rur. O'zbekiston xalqining eng murakkab jihatlarini yaqindan ko'rasiz. O'zingizni bunga qanday tayyorlaysiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bilasizmi, bu -ishimning ajoyib qismi. Kimlarni ko'rmaymiz, deysiz. Amerikaga borish uchun xilma-xil sabablar. AQShdagi nabiralarini ko'rishga ketayotgan buvilar. Tadbirkorlar. Talabalar. Amerikani aylanishni istagan boylar. Ular bilan muloqot - bizning kundalik ishimiz. Bularsiz, zerikib qolar edik. Birrov bo'lsa-da, odamlar bilan gaplashamiz. Ularning hayotiga nazar tashlaymiz. Nega Amerikaga borishmoqchi, eshitamiz. Shuncha odam mamlakatimizga intilayotgani meni xursand qiladi. Ko'rishga joylar ko'p, qilishga ishlar, sabablar talay. Biz odamlar Amerikaga intilayotganini olqishlaymiz. Shu bilan birga beradigan vizalarimiz to'g'ri qo'llanishini ham ta'minlashimiz kerak. Turist bo'lib borgan odam ish qidirib u yerda cheksiz qolib ketmasligi kerak.
Sayohat uchun imkon berishni xohlaymiz. Murojaatchilar ko'p. Kun oxirida charchaymiz, albatta. Biroq ko'nglimiz ham ko'tariladi. Siz berayotgan viza bilan kimdir yozni maza qilib, Amerikada o'tkazadi, siz biladigan joylarda, masalan.
Buni ham ko'ring AQSh konsuli: Viza uchun faqat o'zingizga ishoningNavbahor Imamova, "Amerika Ovozi": "Wendy's", "McDonald's", "Subway" singari yemakxonalarda …
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Yoki siz biladigan okean bo'yida... Bilasizki, ular vaqtini maroqli o'tkazadi. Bizning tabiat zonalarimizga ketayotganlar bor. Ko'rishga arzigulik joylarimiz juda ko'p. Ular bilan gaplashib, biz ham hayajonlanib ketamiz. Ayrim hollarda suhbatlarimiz cho'zilib ketadi. Vaqt esa oz. Lekin Amerikaga ketayotganlarga o'zingiz bilgan joylar haqida bir nimalar degingiz keladi. Ular siz bilgan go'shalarga yo'l olayotganidan quvonasiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bunday ishlashga qanday tayyorlanasiz? Siz boshqa diplomatlarga qaraganda qattiqroq hozirlanishingiz kerak. Konsullik xodimlari qanday treninglardan o'tadi? Mahalliy xodimlar-chi? Jarayon qanday? Qanchalik davomiy?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Talab qilinadigan treninglar bor. Viza turlari bo'yicha va pasport masalalari borasida. Qoidalarimiz ko'p. Tartib murakkab. Har bir vizaning o'z shartlari va asoslari bor. Nima mumkin, nima mumkin emas, shuningdek, etik jihatlar. Protseduralar. Asosiy treninglarimiz bor. Vaqti-vaqti bilan bilimimizni yangilab, charxlab turamiz.
Ishni odam ishda o'rganadi, amalda. Yangi xodimlarimizga ustozlik qilamiz. Ishimizni to'g'ri va puxta qilishimiz kerak. Doimiy trening muhiti.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Til bilish qanchalik muhim va foydali?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Juda muhim. Madaniy omillar va murakkabliklarni anglash uchun zarur. Rus va o'zbek tillarini biladigan xodimlarimiz bor. Mehmon konsullik xodimi bilmaydigan tilda gaplashsa, tarjimon yordamga keladi. Tilni yaxshi bilsangiz, ayni muddao; jarayon oson kechadi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'tgan besh yil ichida AQSh immigratsiya tizimi va AQShga kirib-chiqish borasida qator cheklovlar joriy etildi. Tramp ma'muriyati davrida grin-karta muzlatildi. Boshida olti oylik cheklov, keyin esa u uzaytirildi. Grin-karta berish yana to'liq boshlandimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, bu jarayon to'liq tiklandi. Oyma-oy bu borada yig'ilib qolgan ishlarni bitirayapmiz. Pandemiyadan oldingiga qaraganda hozir ikki karra ko'proq arizalarni ko'rib chiqayapmiz. Son jihatdan hozirgi ishimiz salmoqli. Grin-karta dasturini qadrlaymiz. O'zbekistonda unga qiziqish juda yuqori. Lotereya o'ynaydiganlar sonidan bilamiz. Grin-karta - Amerikaga xos, unikal dastur. Lekin yutganlarning ishlari vaqtida hal bo'lmay qolgan davrlar bo'ldi. Shuning uchun joriy yilda iloji boricha jadal ishlab, koproq odamlarning arizalarini ko'rib chiqib, interyuga chaqirib, masalalarni hal qilishga bel bog'laganmiz.
Biz odamlar Amerikaga intilayotganini olqishlaymiz. Shu bilan birga beradigan vizalarimiz to'g'ri qo'llanishini ham ta'minlashimiz kerak.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": 2020 va 2021-yilda yutganlarning, ya'ni grin-karta berish muzlatilgan davrda omadi kelganlarnng, ishi nima bo'ldi? Ularning arizalari ko'rib chiqilayaptimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: 2020 and 2021-yilda lotereya yutganlarning masalasi, bilasiz, sudlarda. Davlat departamenti ularning hukmlariga qarab, bizga yo'riqnoma beradi, shuni kutayapmiz. Qanday yo'ldan boriladi, buni aniqlashtirishadi. Dunyo bo'ylab konsulliklarimiz amaliy qadamlar nima bo'lishini kutib turishibdi. Bu orada esa 2022-yilda yutganlar bilan mashg'ulmiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": 2020 va 2021-yillarda yutganlar, demak, kutaverishi kerak. Sabr qiling, deyapsiz.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, kutish kerak. Sud ishlari bizni qay tomon yetaklaydi, kutishimiz kerak. Davlat departamenti hukmlarga qarab, qarorlar qiladi. Keyin biz ularni amalga oshiramiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ko'pincha bizga konsullik bilan aloqa qiyin ekani haqida aytishadi. Siz yuborgan xatlarni tushunishga qiynalishadi. Savollariga javob ololmayotganini aytishadi. Biz ularga konsullikdan so'rayvering, deb maslahat beramiz. Keyingi qadam nima bo'lishini konsullik aytadi, deymiz. Jarayon xususida konsullik axborot beradi, deymiz. Bu to'g'ri masalahatmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, to'g'ri. Pandemiya davrida elektron pochtalarimiz xatlarga to'lib ketdi. Vaqtida javob bera olmadik, chunki xodimlarimiz kamaydi. Lekin hozir to'liq rejimga qaytganmiz. Ayniqsa immigratsion vizaga murojaatlar ustida, aytganimdek, ko'proq ishlayapmiz. Hujjatlar yetishmagani bois qolib ketgan murojaatlar. Qandaydir kamchiligi borligi bois qolib ketgan arizalar. Ular bilan birma-bir shug'ulanish kerak edi. Biz ular ustida hozir qattiq ishlayapmiz. Murojaat egalari bilan bog'lanib, masalalarni hal qilish harakatidamiz. Biz rejalanganidan 400 ta ko'proq arizani ko'rib chiqdik. Yangi arizalar, eski arizalar.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Siz asosan elektron pochta orqali aloqa qilasizmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, chunki, Amerikadagilar bilan aloqada vaqt farqi bor. Biroq bu shart ham emas, chunki, masalan, immigratsion viza uchun intervyuga kelsangiz, biror narsa yetishmasa, nima zarurligi haqida qo'lingizga yozma ravishda beramiz.
Immigratsion viza uchun ko'proq hujjat talab qilinadi. Lekin bunda ham zarur hujjat onlayn sistemaga yuklansa, bas. Bizga bu haqda xabar berilsa, bo'ldi. Biz unga qarab, keyingi qadamlarni tashlaymiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Telegramda aloqa qilmaysiz, shundaymi? O'zbekiston Telegramda yashaydi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Yo'q... Elektron pochta. Ko'p xat keladi. Bizga keys nomeri berilishi kerak, aks holda kimsiz, muammo nima, bilmaymiz. Kuniga yuzlab xatlar olar ekanmiz, har birida detallar joyida bo'lmasa, ish siljimaydi. Ism-sharif va keys nomeri. Masalan, tibbiy ko'rik natijasi sistemaga tushgandan keyin shular berilsa, biz tekshiramiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Demak, detallarda gap ko'p. Lotereya yutganlarning xavfsizlik tekshiruvi odatda uzoq vaqt oladi. Bir nech oy, shundaymi?
Sud ishlari bizni qay tomon yetaklaydi, kutishimiz kerak. Davlat departamenti hukmlarga qarab, qarorlar qiladi. Keyin biz ularni amalga oshiramiz.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Immigratsion vizalar va lotereya yutganlar uchun bunday tekshiruv teng vaqt oladi. Bu yil biz allaqachon ko'plarning hujjatini bitirdik va bu jarayon silliq kechdi. Zarur narsalar joyida bo'lsa, suhbatga kelasiz, muammo chiqmasa, kelasi hafta vizani olasiz. Lotereya yutganlar hozirda ancha yaxshi tayyorlanganiga guvohmiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Shunchalik tezmi? Xavfsizlik tekshiruvi nimadan iborat o'zi? Odamlar nimalarni bilishi kerak bu haqda?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Qo'limizda qator instrumentlar bor, ular orqali tekshiramiz. Biror savol chiqsa, bildiramiz. Odamlar anketani haqqoniy va aniq tarzda to'ldirib, topshirishi va kutishi kerak. Boshqa hech narsa qilishi shart emas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Rad etilsa, u odamga tushuntiruv xati beriladi. Lekin bu yetmaydi, chunki, savollar ko'p. Rad etilgan odam nega-nega deb so'rayveradi. Qo'shimcha savollar bo'lsa, qabul qilasizmi? Keys siz uchun qachon butkul yopiladi? Yetarlicha tushuntirdik, deysiz.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Aytganingizdek, raddiya xatda tushuntiriladi, qonuniy asoslar bilan. AQShning qaysi qonunlariga binoan viza berilmagani qayd etiladi. Qo'shimcha savollar bo'lsa, saytimizda javob topishingiz mumkin. V iza uchun qayta murojaat qilishim mumkinmi? Bu savolga ham javob olasiz. Immigratsion viza rad etilsa, bu murakkabroq, chunki talablar yuqoriroq. Lekin uni ham xatda tushuntiramiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Grin-karta lotereyasini yutganlar boshidan biladimi yutish grin-karta olishni kafolatlamasligini?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bu saytimizda, Davlat departamenti sahifasida ham aytilgan. Lekin so'raganingiz uchun rahmat, chunki hamma ham buni tushunmaydi. Grin-karta lotereyasini yutish siz suhbatga chaqirilasiz yoki grin-karta olasiz, degani emas. Kafolat yo'q bularga.
Yutish bu sizga immigratsion viza uchun anketa to'ldirish imkoniyatini beradi. Hammasi joyida bo'lib, jarayon boshlansa, intervyuga taklif qilinasiz.
Biroq buning ortida qator omillar bor. Biz hozir aynan mana shu nasalalar ustida ishlayapmiz. Har oy grin-karta loteresiyasi yutganlar bilan suhbatlar qilamiz. Har kuni qilolmaymiz, chunki boshqa murojaatlar, boshqa vizalar bo'yicha arizalar bor. Kimdir turist sifatida, kimdir oilasi uchun bormoqchi. Lekin, aytganimdek, bu yil grin-karta uchun ikki karra ko'proq murojaatlarni ko'rib chiqayapmiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biror sabab bilan kimdir viza unga man etilgani, u taqiqda, qora ro'yxatda ekanini bila oladimi? Ogohlantiriladimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Doimiy taqiq haqida xat beriladi. Oldin berilgan viza tartibini buzganingiz uchun sizga viza hozir rad etilsa, buni ham bilasiz, garchi bu doimiy taqiq emas. Konsullik xodimi qonuniy asos va raddiya oqibatlari haqida sizni xabardor qiladi. Kimdir taqiqdan chiqishi uchun harakat qilishi mumkin bo'lsa, bu ham aytiladi. Ko'plar bu imkoniyatni bilmaydi, chunki vizasi bilan o'zi shug'ullanmagan.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yolg'on ma'lumot bergani uchun viza rad etilgan odam bu borada sizdan tushuntirish xati olganida oqibatlari xususida, xususan lotereya yutgan taqdirda ham viza olmasligi mumkinligi haqida xabardor qilinadimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Aksariyat hollarda raddiya bu doimiy rad etilish degani emas. No-immigratsion viza ololmasangiz, masalan, keyinroq yana so'rashingiz mumkin. Kelasi kun yoki kelasi hafta murojaat qilayotganlar bor. Asos bo'lsa, biz ularni ko'rib chiqamiz, odam tayinlaymiz u bilan shug'ullanishga. Biroq doimiy nomunosiblik hollari ham bor va ularni biz yozma holda tushuntiramiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Siz - AQSh timsolisiz. Odamlar viza so'rab, siz bilan suhbatga kelganida Amerikani ko'radi. Siz davlatingizga darvozasiz. B u rolda bo'lish qanday? Rad etilsa, odamlar sizni umrida unutmaydi. Siz ko'p jihatdan ikki davlat, ikki xalq orasidagi madaniy rishtalarni ham belgilaysiz. Siyosiy masalalar bo'yicha diplomat bo'lsangiz, muayyan odamlar bilan ko'rishasiz. Siz esa butun jamiyat bilan aloqadasiz. Bu ulkan sinov, har kuni. Bu reallikning ahamiyatini qanday talqin qilasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: To'g'ri aytasiz, ayrimlar umrida ilk bor amerikalik bilan vizaga kelganida ko'rishib gaplashadi. Shu bois biz bu muloqotlarni iloji boricha do'stona olib borishga intilamiz. Kimgadir yo'q viza bera olmaymiz, deyishni ham odob bilan aytishimiz kerak. professional ravishda. Rad etish bu insonni salbiy baholash emas. AQSh qonunlari asosida shunday qaror qilinganini aytamiz. Odamlar konsulxonadan, viza olsa-olmasa, jarayon adolatli o'tganini his qilgan holda ketishini istaymiz. Vizaga topshirish maroqli ish emas, buni bilaman. Byurokratik protsess. Mayda ish.
Odamlar anketani haqqoniy va aniq tarzda to'ldirib, topshirishi va kutishi kerak. Boshqa hech narsa qilishi shart emas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar bu jarayonga hissiyotli yondashadi. Har kuni ko'rsangiz kerak buni. Hayajon, asabiylik. Emotsiyalar qorishib ketadi. Olishiga ishonmasa-da, viza so'rab keladi, sarmoya qiladi shunga. Rad etilganlar bilan gaplashganimizda, ular hamma narsani ipidan ignasigacha eslab qolganini aytadi, hatto konsullik xodimining ko'rinishini tasvirlab beradi. Suhbatni va boshqa hamma narsani. Ular uchun bu bir umr yodda qoladigan voqea. G'azablangan odamlar ham uchrab turadimi? Rad etilsa, odamlar hozir ijtimoiy tarmoqlarda yozishi mumkin, dardini doston qilishi mumkin. Hatto O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga shikoyat qilib borgan o'zbekistonliklarni bilaman, foydasi bo'lmasa-da. Adolat talab qilamiz, deyishgan, AQShga viza ololmaganidan g'azablanib. Odamlar jahli chiqqanida vaziyatdan qanday chiqasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ular bilan professional muomala qilishga harakat qilamik. Hissiyotli damlar, bilamiz. Biz har doim 100 foiz to'g'ri qaror qilamiz, demaymiz. Har bir arizani alohida ko'rib chiqamiz. O'sha holat va vaziyatdan kelib chiqib, qonunlarimizga tayangan holda xulosa qilamiz. Odamlarga bu yoqmagan hollarda odamlardan bosiq bo'lishni so'raymiz. Ular bilan tortishmaymiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Suhbatda nimaga toqat qilinmaydi? Qachon, siz suhbatdoshga qarab, bas qiling, chiqing, deysiz? Shunday holatlar bo'ladimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Kam uchraydi bunday holatlar. Rad etilish hech qachon hech kimga yoqmaydi. Viza olsa, albatta odamlar xursand. Pasport qaytarildimi, jarayon tugadi. Odam ketmasa, ozgina sabr qilamiz. Lekin navbatda turganlar bor, ular bilan ishlashimiz kerak. Gapimiz yo'q bo'lsa, ishi bitgan odamdan ketishini kutamiz. Bizdan boshqa savollarga javob yo'q. Buni tushungach, sekin chiqib ketishadi.
Buni ham ko'ring AQSh konsuli: O'zbekistonda grin-karta yutganlar e'tiborimizdaNavbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Bilamiz, siz uchun hamma teng. O'zbekiston fuqarolarini ajratmaysiz. Siyosiy lavozimi yoki iqtisodiy maqomiga qarab, muomala qilmaysiz, shundaymi? AQShga ketayotgan rasmiylar bilan alohida ishlaysiz. Lekin O'zbekistonda odamlar mansabidan, nufuzidan foydalanishga harakat qiladi. Tanishlarini ishga solishadi. Ular orqali sizga ta'sir qilishga urinishadi. Nima qilasiz bunday hollarda?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Aytganingizdek, rasmiy diplomatik vizalar uchun alohida jarayon bor. Intervyu shart emas. Almashinuv dasturlari uchun suhbatga kelishadi. Agar bir guruh odamlar uchun bo'lsa, ular uchun maxsus vaqt belgilaymiz. Masalan, yaqinda ayollar futbol komandasi ketdi. Har bir a'zoni alohida chaqirmaymiz, chunki bu uzoq vaqt qoladi va ishni murakkablashtiradi. Ularga ham bir paytda kelish osonroq.
Xullas, ishni qulaylashtirishga harakat qilamiz. Lekin odamlar bilan ularning nufuziga qarab muomala qilmaymiz. AQSh qonunlari, tartib-qoida asosida murojaatini korib chiqamiz va javobini beramiz. Kimdir viza ololmasa, individual sabablar bor. Dini yoki siyosiy mansabiga qaramaymiz. Bu borada so'ramaymiz ham. Anketada ham yo'q. Jarayon adolatli kechishi kerak.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Artistlar birga ketayotgan bo'lsa-chi? AQShda o'zbeklar ko'payar ekan, tez-tez musiqachilar, xonandalar va guruhlarni taklif qilishadi. Ularni qanday qabul qilasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Kichik guruh bo'lsa, individual uchrashuvlar belgilashi kerak. Bilaman, hozir bu qiyin, chunki talab yuqori. Lekin normal sharoitda shunday suhbatlarga kelishlari kerak. Katta guruh bo'lsa, 20-30 raqqosa yoki artistlar, ularni guruh sifatida qabul qilishimiz mumkin. Vaqt topishga harakat qilamiz. Birga kelishgani ma'qul, ish tezroq bitadi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ularga ham talablar boya aytganingizdekmi? Madaniy tadbirlar uchun taklif qilinishadi. Ularni chaqirayorganlar rasmiylar emas, oddiy odamlar. O'zbek jamoalari. Artistlarga qachon viza bermaysiz? Qanday holatlarda ular Amerikaga bora olmaydi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Turli sabablari bo'lishi mumkin. Aslida boshqa maqsadda ketishayotgani oydinlashsa, viza olisholmaydi. Chet elga chiqib yurgan ijodkorlar bo'lsa, AQShga borib kelgan bo'lsa, balki viza olishi mumkin. Guruhda kimdir, nazarimizda, muhim a'zodek ko'rinmasa, savolga tutamiz.
Lekin odamlar bilan ularning nufuziga qarab muomala qilmaymiz. AQSh qonunlari, tartib-qoida asosida murojaatini korib chiqamiz va javobini beramiz. Kimdir viza ololmasa, individual sabablar bor. Dini yoki siyosiy mansabiga qaramaymiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Demak, guruhdan hamma borishiga kafolat yo'q. O'zbekiston, bilasiz, chuqur korrupsiyalashgan mamlakat. Pora berish hayot tarzi bo'lgan davlatda ishlaysiz. Yillar davomida AQSh vizasi olish uchun turli korrupsion yo'llardan foydalanishga uringan odamlar haqida eshitganmiz. Siz bunga qarshi qanday choralar ko'rasiz? Siz o'tgan avgust oyidan beri Toshkentda ekansiz. Faoliyatingizda korrupsiya bilan to'qnashgan hollar bo'ldimi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Konsullik xodimlarimizga pora taklif qilingan hollarni ko'rmadik. Bizda bunday muammo yoq. Elchixonadan tashqarida odamlarga viza olishda yordam taklif qiladigan, vositachilik qilishini da'vo qiladigan odamlar borligini bilamiz. Ular ko'p. Xizmati uchun haq olishadi. Ayrimlari zararsiz, odamlarga yordam taklif qilishadi. Afsuski, ular onlayn uchrashuvlar olib, buni odamlarga pullashadi. Bizning suhbatlar tekin.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Grin-karta lotereyasini o'ynash tekindek.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Shunday. Ular intervyular uchun vaqtlar olib, odamlarga kattagina pulga sotishadi. Bu faqat O'zbekiston emas, boshqa davlatlarda ham muammo. Biz unga qarshi choralar ustida o'ylanayapmiz. Uchrashuv belgilashni osonlashtirish bir yo'li bo'ladi. Imkoniyatni kengaytirish. Tekin imkoniyat turganida nega pul to'lashingiz kerak? Turagentlarga murojaat qilish shart emas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Turagentlar siz aytayotgan ishlarni ham qilishadi. Ishonchli agentliklar bormi, sizning nazaringizda? Ro'yxatini tuzganmisiz? Ularni hozir berishingiz shart emas, ammo tayansa bo'ladiganlar bor, deb ayta olasizmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Yo'q, ayta olmaymiz. Aytishni ma'qul ko'rmaymiz, chunki ular tez-tez o'zgarib turadi, odamlar yangilanadi. Odamlarga ularga borishni maslahat bermaymiz. Chunki viza uchun topshirishni odamlarning o'zlari eplashi mumkin. Ularga vositachi kerakmas. Ayniqsa, grin-karta uchun topshirayotganda hech kimni aralashtirmaslikni tavsiya qilaman. Anketani to'ldirish bepul. To'ldirish ham qiyin emas. Tarjimai holingiz so'raladi. O'zingiz, hech kimning yordamisiz qila olasiz. Inglizcha bo'lgani uchun balki til biladigan tanishingiz ko'maklashar, buni tushunsa bo'ladi. Lekin unutmang, anketadagi detallar to'g'ri va haqqoniy bo'lishi bag'oyat muhim. Noto'g'ri ketsa, lotereya yutug'i bekor bo'ladi.
grin-karta lotereyasini o'ynash uchun agentlarga tayanmang. O'zingiz uchun o'zingiz harakat qiling, bundan hech kim sizchalik manfaatdor emas. Anketani diqqat bilan to'ldiring va tekshiring. Xato qilsangiz, uloqtiriladi. Tuzatish uchun kech bo'ladi.
Masalan, 21 yoshgacha bo'lgan bolalaringizning hammasi, qayerda yashashidan qat'i nazar, anketada yozilishi kerak. Yutsangiz va agar, ularni yozmagan bo'lsangiz, yutuq hisobga olinmaydi. O'zingiz emas, boshqalar anketangizni to'ldirishiga ishonmang. Har yili oktabr-noyabr oyida to'ldirishadi. Sizdan so'ramay har yili to'ldirib qo'yishlari mumkin. Lekin ma'lumotlar eski yoki xato. Yutsangiz, intervyuga kelasiz, pulini to'laysiz. Lekin anketadagi xato bois hammasi bekor bo'ladi. Pulingiz qaytarilmaydi. Qoida va me'yorlar keskin. Shunday ekan, grin-karta lotereyasini o'ynash uchun agentlarga tayanmang. O'zingiz uchun o'zingiz harakat qiling, bundan hech kim sizchalik manfaatdor emas. Anketani diqqat bilan to'ldiring va tekshiring. Xato qilsangiz, uloqtiriladi. Tuzatish uchun kech bo'ladi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Siz O'zbekiston huquq-tartibot tizimlari bilan ham ishlaysiz. Har kuni emas, umuman olganda. Amerikadan deportatsiya qilingan o'zbekistonliklar bo'ldi. Siz ularning masalalari bilan ham shug'ullanasizmi? O'zbekiston adliya tizimi va boshqa tegishli organlar bilan qanchalik hamkorlik qilasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: AQShdan chiqarib yuborilganlar bilan mening idoram ishlamaydi. Biz ularni bilamiz, chunki migratsiya masalasi bu. Lekin biz ular bilan shug'ullanmaymiz. Biz AQShga qonunan borishni istaganlar bilan mashg'ulmiz. AQShda qonunlarni buzganlar haqida axborotga egamiz, lekin faoliyatimiz ular bilan bevosita bog'liq emas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekistondagi amerikaliklarga ham xizmat ko'rsatasiz? Mamlakat amerikaliklar uchun qanchalik xavfsiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Nazarimda, judayam xavfsiz. Oilam shu yerda. Bolalarim, xususan kattasi, taksida o'zi bemalol yura oladi. Xavotirlanmayman, garchi ota sifatida baribir tashvishlanaman. Lekin jinoyatlar ko'lami jihatdan O'zbekiston ancha xotirjam.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Davlat departamenti chiqaradigan ma'lumotnomalarda bunday deyilmaydi. O'zbekiston ularda juda xavfsiz deb tasvirlanmaydi. Detallar berilmasa-da, Markaziy Osiyo ehtiyotkorlik talab qilinadigan mintaqa deb qayd etiladi.
Ular intervyular uchun vaqtlar olib, odamlarga kattagina pulga sotishadi. Bu faqat O'zbekiston emas, boshqa davlatlarda ham muammo. Biz unga qarshi choralar ustida o'ylanayapmiz. Uchrashuv belgilashni osonlashtirish bir yo'li bo'ladi. Imkoniyatni kengaytirish.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Qator omillar bor. Jinoyatlar ko'lamiga qaraladi, keyin jarohatlanish hollariga ham nazar tashlasak, amerikaliklar dunyo bo'ylab, yo'l harakati hodisalarida shikastlanganini ko'ramiz. O'zbekistondagi vaziyat o'zingizga ma'lum. Amerikaga qaytganimda qoidalarni buzib, tez haydab, rosa jarima to'lasam kerak. Davlat departamenti maxsus saytda xavfsizlik haqida ma'lumot beradi, davlatma-davlat. Yaqinda yangilanadi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ko'plar nazarida vizani siz emas, elchi Daniel Rozenblum beradi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bilaman.
NaNavbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar bizga tez-tez yozib, elchiga ayting, viza bersin, deb so'rashadi. Yoki viza olisholmagani sabab elchidan shikoyat qlishadi. Elchi aralasha olmasligini, bu sizning zimmangizdagi vazifa ekanini qanday tushuntirasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bosh konsul sifatida hatto men biror xodimga u yoki bu odamga viza ber yoki berma deya olmayman. Har bir anketa, har bir keys, har bir murojaat alohida ko'rib chiqiladi, tahlil qilinadi. Biror masala ko'tarilsa, albatta masalahatlashib, birgalikda qaror qabul qilamiz. Xatolarni tuzatamiz. To'g'ri aytdingiz, konsullik ishi o'ziga xos og'ir vazifa. Maxsus komissiya bor konsullik ishlarini nazorat qiladiga. Hech kim, hatto elchi ham aralasha olmaydi. Elchi Rozenblum ham buni xohlamaydi. So'rasangiz, aytadi.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Eshitdik, bu elchi ham, boshqalari ham konsullik ishiga umuman yaqinlashishni istashmaydi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Chunki, boya aytganingizdek, biz qattiq treninglardan o'tamiz. Qoidalar, tartib va nazorat keskin. Viza, pasport, konsullik ishlari bilan bizgina shug'ullana olamiz. Hech kim bizga mana bu rad etilgan odamga viza ber, deya olmaydi. Jarayonni tekshirishimiz mumkin. Hammasi joyida bo'lsa, demak, raddiyaga asos bor. Yana topshiring, deb masalahat beramiz. Qo'shimcha ma'lumotlar uzatamiz.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar shikoyat qila oladimi, rasman?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Ha, qilishlari mumkin. Elektron pochtaga yozishlari mumkin. Ba'zida olamiz shunday xatlar. Pulga olingan uchrashuv vaqtlari haqida yozishgan. 100 dollar berdim, deb nolishgan. Bizga buni bilish muhim, chora ko'rishimiz kerakligini tushunamiz. Biroq hamma shikoyatlar ham mantiqli emas. Masalan, elchi menga viza bersin yoki suhbatga chaqirsin, deb so'rashadi. Bu esa bo'lmaydigan narsa.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar viza ololmaganidan noliydi, raddiyadan keyin.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Raddiyalar soniga qarasak, shikoyatlar u qadar ko'p emas. Raddiyaning sabablari ko'rsatiladi har doim. Saytimizda ham ma'lumotlar bor. Keyingi qadamlar haqida o'rgansa bo'ladi. Shikoyatni elektron pochtamizga yuboraverishsin, deymiz. Darrov o'qimasligimiz mumkin, lekin o'qiymiz. Javob kuting, demasdim.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Javob olinmasa, demak, shikoyatdan foyda yo'q.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Nabiralarimni ko'ra olmadim deb yoki boshqa biror gap bilan nolisangiz, biz hech narsa qilolmaymiz. Yana topshiring, deymiz. Bu cheklanmagan. Darrov qayta murojaat qilmagan bo'lar edim. Tamoman boshqa sabab kerak. Vizaning rad etilishi yoki berilishi cheklanmagan. Kvota yo'q.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Endi so'ramoqchi edim shu haqda. Limit yo'qmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Yo'q. Plan yoki kvota belgilanmagan. Shu bois ham har bir keys alohida e'tiborga molik .
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Grin-karta kvotasi haqida ko'p eshitamiz lekin...
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Davlat departamenti dunyo bo'ylab yiliga 55 ming odamga beradi. Biror davlatdan bu sonning 7 foizdan ortig'i olinmaydi. Bu esa 3500 dan oshiq odam. Oz son emas. Dastur ochiq mamlakatlardan tanlanadi.
Maxsus komissiya bor konsullik ishlarini nazorat qiladiga. Hech kim, hatto elchi ham aralasha olmaydi.
Yana bir maslahatim, suhbatga tayyorlanib kelish kerak, bemalol gapirishga... Nima ish qilasiz? Tirikchilik nimadan? Buni aniq va ochiq tushuntirish kerak. B iznes qilaman, deyishadi, lekin aynan nima? Qanday tadbirkorsiz? Somsa sotasizmi yoki "Chevrolet" zavodingiz bormi? Biznesning turi ko'p. Bizga aniq javoblar kerak. Tushuntirishdan qo'rqmang. Bizga qiziq.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Rasman biror joyda ishlamasangiz, viza ololmasligingiz mumkinmi?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Viza kategoriyasiga bog'liq. Turist sifatida bormoqchisiz, lekin ishlamaysiz, o'rta yoshlisiz. Daromad qayerdan? Sayohatga mablag' qayerdan? Balki ishlashingiz shart emasdir, boysiz va dunyoni kezib yurasiz. Shunday bo'lishi mumkin, ammo aksariyat hollarda aksariyat odamlar bunday emas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yoshlar orasida ishlamaydiganlar ko'p. Talabalar yoki norasman ishlaydi yo o'ziga ishlaydi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: To'g'ri.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Biror joyda rasman ishlamaganim minus hisoblanmaydimi deb qo'rqishadi. Endi biznes boshlagan, biror loyihani ishga solayotganlar. Ish joyidan tasdiqnoma ularda yo'q, chunki ishxona yo'q. Bunga qanday yondashasiz?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Hujjatlar haqida eslatganingiz o'rinli. Bizga aslida ko'p hujjat kerakmas. Ayrim vizalar uchun zarur. Talabalar uchun I-120, ya'ni o'qishga qabul qilingan maskandan maxsus forma. Lekin, umuman olganda, bizga tavsiyanomalar, bank qog'ozlari, mulk haqida ma'lumot kerakmas.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Rostan? Odamlar vatanga qaytishini isbotlashi uchun ko'rsatishi shart emasmi ularni?
Viza, pasport, konsullik ishlari bilan bizgina shug'ullana olamiz. Hech kim bizga mana bu rad etilgan odamga viza ber, deya olmaydi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Biz ularni so'ramaymiz. Biz aksariyat hollarda bank qog'ozlari yoki mulkingiz haqida so'ramaymiz. So'ralmasa, kerakmas. Sayyoh sifatida bormoqchisiz, deylik, sizga bu hujjatlar zarurmas. Qimmat bir tibbiy muolaja uchun ketayotgan bo'lsangiz, kasalxona yoki klinikadan nima uchun borishingiz kerakligi haqida ma'lumotnoma so'raladi. Muddati, qancha mablag' ketishi haqida ham so'raymiz. Shunda bizga moliyaviy manba kerak.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Demak, so'ralgan narsa bilan keling va rost gapiring.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Xuddi shunday. S o'ralgan hujjatlar va rostgo'ylik.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Haqqoniylik, rostgo'ylik. Minnatdormiz, bu keng ko'lamli suhbatdan.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bajonidil.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Ishonchim komil, bu muloqotni ko'rib, yana savollar berishadi. Feysbukda ham sessiyalar qilib turasiz-a?
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Shunday, grin-karta lotereyasi haqida qilamiz yaqinda.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Juda yaxshi.
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Bu yil qiziq bo'ladi bu mavzu.
Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Tabiiy. Katta rahmat!
Robert Romanovski, AQSh Bosh konsuli: Sizga rahmat!