Tog’li Badaxshon avtonom viloyati 16-may kuni aholining norozilik namoyishi ortidan beqaror. Markaziy hokimiyat va mahalliy aholi o’rtasidagi to’qnashuvda halok bo’lganlar bor.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish vaziyatdan xavotirda va uning idorasi ahvolni yaqindan kuzatayotganini bildirgan. Yevropa Ittifoqi, AQSh, shuningdek, qator inson huquqlari tashkilotlari Tojikiston hukumatini fuqaro erkinliklarini hurmat qilib, aholi bilan murosaga va tinchlikni ta’minlashga chaqirmoqda.
Nyu-Yorkda istiqomat qilib kelayotgan tojikistonlik mustaqil jurnalist Zafar Abdullayev vatandagi holatni shunday sharhlaydi:
Your browser doesn’t support HTML5
Obyektiv va to’liq ma’lumot yo’qligi sababli bu voqealar ortida nimalar turganini aytish qiyin. Hozircha biz guvoh bo’layotganimiz bu - Tojikistondagi avtonom oblastga harbiy qo’shinlar kiritilgan, tinch aholi norozilik namoyishlariga chiqqan. To’qnashuv yuz bergan. Tushunishimcha, qurol ishlatilgan va ma’lum hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.
Togl’i Badaxshon hududida vaziyat mamlakat mustaqillikni qo’lga kiritganidan buyon notinch. Buning sabablari bir nechta. So’nggi voqealar - 6 oydirki davom etayotgan jarayon natijasi. Uning qaynoq nuqtasi viloyatning ma’muriy markazi Xorug’ bo’lib turibti. Ammo so’nggi kunlarda kechayotgan qaynoq voqealar, aytish joiz, tarixda ilk bor, markaziy hukumat bilan mojarolar viloyatning Pomir, Badaxshonga kiraverishdagi chegara qismi, Rushon tumanida yuz beryapti.
Umuman olganda, voqealar hokimiyatning to’satdan Tog’li Badaxshondan chiqqan faollarning ta’qibi bilan bog’liq. Bu ta’qiblar nafaqat Tojikiston ichida, balki Rossiya va dunyoning boshqa nuqtalarida ham kuzatilyapti.
Namoyishchilar har doim bitta maqsad bilan chiqishyapti. Yuz bergan va berayotgan ta’qib va tazyiqlarni to’xtatish va albatta aybdorlarni jazolashlariga erishish.
Namoyishchilar har doim bitta maqsad bilan chiqishyapti. Yuz bergan va berayotgan ta’qib va tazyiqlarni to’xtatish va albatta aybdorlarni jazolashlariga erishish. Bunga qo’shimcha, ular bu kabi holatlar umuman qayta takrorlanmasligini ta’minlovchi mexanizmlar ishlab chiqilishini istashyapti. Bu talablar yillar davomida yangrab keladi. Ammo ko’rib turibmizki, vaziyat hech ham o’zgarmayapti. Aksincha, mintaqada, Tog’li Badaxshon aholisi va markaziy hukumat o’rtasidagi munosabatlarda ayni ssenariy qayta-qayta takrorlanmoqda.
Triggerlar yaqqol ko’ringan, avvallari to’qnashuvlarga mintaqadagi qudratli shaxslarga nisbatan qilingan ta’qiblar sabab bo’lgan bo’lsa, so’nggi qamoqqa olishlar xuddi Moskvada qo’lga olingan, sportchi Chorshanbe Chorshanbiyev va u kabi oddiy xalq vakillari ta’qibi bo’lmoqda. Endigi vaziyatda hokimiyat siyosiy kredoga ega bo’lmagan shaxslarni qo’lga olmoqda. Shuningdek, qurollanmagan odamlarni o’ldirish holatlari kuzatildi va u mahalliy yoshlarga nisbatan jinoyat edi. Bu esa yangi ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi.
May voqealarining farqli jihati shundaki, avvallari mintaqadagi vaziyatni mahalliy matbuot yoritishga muvaffaq bo’lgan. Taqiq yo’q edi. Bu yil esa barcha OAV sukut saqlamoqda. Markaziy nashrlardan hisoblangan “Aziya Plyus” esa prokuratura tomonidan tahririyatga to’g’ridan-to’gri bosim o’tkazilgani ortidan vaziyatni yoritmaslikni yoki yoritishdan qo’rqishi haqida ochiq bayonot chiqargan. Bunday olganda, bu senzura borasidagi ochiq bayonot. Buning ortidan mintaqadagi vaziyatni yoritish anonim blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan ma’lumotlarga asoslangan.
Norozilik namoyishlari, mitinglar tinchlik xarakteridaligi inobatga olinsa, bugungi kunda mahalliy faollar, oblastdagi obro’li kishilar bilan muzokara yo’lga qo’yilsa kifoya qilardi. Afsuski, menimcha bugun buning imkoni yo’q degan xavotirdaman.
Norozilik namoyishlari, mitinglar tinchlik xarakteridaligi inobatga olinsa, bugungi kunda mahalliy faollar, oblastdagi obro’li kishilar bilan muzokara yo’lga qo’yilsa kifoya qilardi.
Markaziy hokimiyatning bunday maqsadi ham bo’lmasa kerak, chunki yaqinda o’zgartirilgan oblast rahbari aynan murosaga boruvchi rahbarlardan edi va uning davrida vaziyat sokin edi. Uni maxsus xizmatlar raisi o’rinbosari bilan almashtirdilar. Mana shu hol ham yana bir triggerlardan deb o’ylayman. Ichki ishlar vaziri o’rinbosari [Abdurahmon] Buzmakovning so’nggi bayonotidan shuni angladimki, ilk bor qaqshatqich maxsus amaliyot o’tkazish maqsad qilib qo’yilgan. Uning doirasida aholi orasidan chiqqan ko’pgina liderlar qamoqqa olinadi va hatto yo’q qilinadi deb o’ylayman.
Shuni ham ta’kidlamoqchimanki, yaqinda qandaydir tasodif tufayli Еmomali Rahmon Kollektiv Xavfsizlik Tashkiloti sammitida qatnashdi. Rossiya va Ukraina, umuman, Yevrosiyo hududida yuzaga chiqqan holat inobatga olinsa, bu ham yana bir sababdir. Ikkinchi sabab shu yilning yoz yoki kuzida hokimiyatning otadan o’g’ilga tranziti amalga oshmay turgani bilan bog’liq.
Ko’rinishidan, vaziyat hali bu ishga mos ko’rilmagan. Demak, bu hokimiyat sabri tugaganini anglatuvchi ilk alomat bo’lishi mumkin va hukumat vaziyatni tayyorlashga tushgan. Tog’li Badaxshon oblasti bu yo’lda ularga xalaqit berayotgan faktorlardan bo’lmoqda.
Tog’li Badaxshon regionining ishonchini qozonish uchun ancha yillar oldin yo’qotilgan umum Tojikiston aholisi ishonchini qozonish kerak. Juda ham jiddiy islohotlarni o’tkazish kerak. Afsuski, Rahmon bunga tayyor ham emas va balki bunga qodir ham emas degan xavotirdaman. Eng asosiy islohotlar - so’z erkinligi, mustaqil sud va albatta siyosiy plyuralizm. Siyosiy raqobatni, konstruktiv muxolif kuchlar paydo bo’lishini ta’minlash ham zarurat.
Hozirgi holatda Tog’li Badaxshonning faollariga quloq tutish va ularga o’z fikrlariga ega bo’lish imkonini berish kerak va ularni eshitish darkor.
Tog’li Badaxshon har doim, hatto ittifoq davrida ham dotatsiyadagi mintaqa bo’lgan. Ittifoq qulashi ortidan fuqarolik urushi boshlangach, bu hudud kuch bilan yopib qo’yilgan, fuqarolik urushi u yerda davom etishi oldi olingandi. Undan keyingi yillar davomida Tog’li Badaxshon ahli markaziy kuchlar yoki bu mamlakatdagi boshqa xalqlar bilan to’qnashuvlarda to’g’ridan-to’g’ri deyarli qatnashmaganlar.
Umid qilamanki, Emomali Rahmon hukumatiga ta’sir kuchiga ega xalqaro tashkilotlar va yirik demokratik davlatlar ovozi operativ va qattiq shaklda bo’ladi. Bu tomonlar ziddiyatining keskin fazasini to’xtatishga yordamlashadi.
Ularning diniy, madaniy va boshqa farqli jihatlari sababli ular nafaqat Tojikiston, balki katta mintaqada, bunday olganda, diniy ozchilikni tashkil etadi, ular tinch yurishga va o’zlaridagi vaziyatni siyosiylashtirmaslikka intiladilar.
Biroq har gal mamlakatning boshqa mintaqalarida xalq ko’nikkan korrupsion mexanizmlarni ularga ham singdirmoqchi bo’lganda, ular bu yerda qo’llov topmaydi. Chetdan qilinayotgan bosim va zulmga egilmaslik, albatta, aholi orasidan ma’lum liderlar chiqishiga olib keladi. Ular odamlarni o’zlariga ergashtiradilar va qonun-qoidalar doirasida zulmga qarshi chiqishga harakat qiladilar.
Hozir ham, oldin ham “terrorizm”, “uyushgan jinoiy guruhlar” degan so’zlarni, terminlarni [ularga nisbatan] qo’llash hech qanday tanqidlarga dosh berolmaydi. Chunki hokimiyat va uning izmidagi OAV hech qachon buning uchun yetarlicha isbot-dalillarni keltirmaydi.
Hozirgi holatda ham, ikki kun oldin IIV “so’nggi namoyishlarni xalqaro terroristik tashkilotlar moliyalashtirgan va qo’llab-quvvatlagan, odamlarning harakatlari terroristik xarakterga ega”, degan bayonot tarqatdi. Ular shu [terroristik] tashkilotlar nomini ochiqlashmadi. Hozirgi kunda ularni nomma-nom sanab o’tish qiyin emas. Chunki dunyo bo’ylab ularning soni ko’p emas va hammasini biz bilamiz. Ammo ularning nomini aytib, aksincha mazkur tashkilotlarning o’zidan ularning bu ishlarga aloqasi yo’qligi haqidagi negativ munosabatni olishlari mumkin. Va albatta isbot-dalillar keltirishlari shart, hokimiyatda esa ular bo’lmasa kerak.
Voqealar rivoji bo’yicha mening prognozim umidbaxsh emas. Umid qilamanki, Emomali Rahmon hukumatiga ta’sir kuchiga ega xalqaro tashkilotlar va yirik demokratik davlatlar ovozi operativ va qattiq shaklda bo’ladi. Bu tomonlar ziddiyatining keskin fazasini to’xtatishga yordamlashadi.
Hukumat hozir kuch bilan u yerda o’z tartibini o’rnatsa-da, bu mintaqada barqarorlikni ta’minlamaydi. Har qancha xohlashmasin, bu hududni to’liq nazoratga olish imkonsiz. Bu holat menimcha bungacha kuzatilmagan tendensiyalarni, aynan separatizm harakatini va undan keyin mazkur mintaqa suverineteti sari yo’lni ochib beradi.