Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasidagi nufuzi ortib bormoqda. Bunga, bir tarafdan, Ukraina jangi va G‘arb davlatlari sanksiyalari ortidan Rossiya zaiflashib, mintaqaga ta’siri kamayayotgani sabab bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa tarafdan, Markaziy Osiyo davlatlaridagi korrupsiya botqog‘iga botgan nochor iqtisodiyot zamin yaratmoqda. Tahlilchi fikricha, G‘arb moliyaviy institutlari Markaziy Osiyo Xitoy qarzlariga ko‘milib qolmasligi uchun grant va imtiyozli qarzlar ajratmoqda, ammo ulardan to‘g‘ri foydalanilmayapti.
«Xitoy Rossiya va Ukraina inqirozidan foydalanib, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘z mavqeyini kuchaytirmoqda. Markaziy Osiyo hamisha Rossiya nazorati ostidagi mintaqa hisoblanib kelgan. Ammo bugungi kunda Rossiyaning bu mintaqaga ta’siri kamayib borayotganligi sezilayapti. Geosiyosiy o‘yinlarning boshqa ishtirokchilari, jumladan, Xitoy albatta bu fursatdan unumli foydalanib, o‘z mavqeyini mustahkamlashga urinmoqda», – deydi siyosiy masalalar bo‘yicha tahlilchi Abdumalik Qodirov.
Tahlilchining fikricha, Xitoyning Markaziy Osiyoga o‘z ta’sirini orttirish uchun qilayotgan harakatlari bugungi kunda yana ham aniqroq namoyon bo‘lmoqda.
«Xitoy rahbari Si Zinpin COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan so‘ng hech bit xorijiy davlatga safar qilmagan edi. Ammo Markaziy Osiyoga kelishga qaror qildi. O‘zbekistonga ShHT sammitida ishtirok etish uchun tashrif buyurish bilan birga Rossiya va Qozog‘iston munosabatlari qaltis va murakkab bo‘lib turgan bir paytda bu davlatga tashrif buyurdi.
Buni ham ko'ring O'zbekiston-Qirg'iziston-Xitoy temiryo'li qachon va qanday shartlarda quriladi?Voqealar rasmiy Pekin uchun mintaqa katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Xitoy rahbari ilgariroq ham Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan maxsus onlayn muloqot o‘tkazgan edi. Si Zinpinning aynan Qozog‘istonga tashrifi ko‘plab masalalarni yuzaga chiqarmoqda», – deydi tojikistonlik tahlilchi.
Suhbatdoshimizning fikricha, Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasiga bog‘liq rejalari oldindan mavjud bo‘lgan. Ammo rasmiy Pekin qulay imkoniyat yuzaga kelishini kutgan.
«Xitoy Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun yarim milliard dollar mablag’ ajratganini ma’lum qildi. Bu ham rasmiy Pekin mintaqada ta’sir kuchiga ega bo‘lgan davlatlarda Xitoyning rejalari katta ekanligidan dalolat beradi.
Buni ham ko'ring AQSh sobiq elchisi Jon Xerbst: Rossiya va Xitoy - noqulay hamkorlarXitoy mintaqadagi geosiyosiy o‘yinlarning juda qudratli va o‘ta tajribali hamda mahoratli ishtirokchilaridan biri bo‘lgani uchun ham mavjud vaziyatdan samarali foydalanadi. 2015-yilda Xitoy tashabbusi bilan tavsiya etilgan «Bir makon – bir yo‘l» global loyihasida ham Markaziy Osiyo mintaqasi rasmiy Pekin uchun katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham Xitoy yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanmoqda», – deydi tahlilchi.
«Xitoyning Markaziy Osiyodagi, xususan, Tojikistondagi nufuzi Ukraina urushi boshlanganidan buyon ortib bormoqda. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda Xitoyning mintaqadagi nufuzi bir yil oldingiga qaraganda sezilarli darajada o’sgan», – deydi tahlilchi.
Ma’lumki, Rossiya ham Markaziy Osiyoda o‘z ta’sir kuchini saqlab qolishga urinmoqda. Ammo real holat Rossiya ta’siri kamayib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Rossiyaning Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga ta’sir kuchi bir xil emas. Kimgadir ko‘proq, kimgadir ozroq. Masalan, O‘zbekistonga nisbatan Tojikistonga Rossiyaning ta’siri kuchliroq. Ammo oxirgi voqealar, hatto Rossiyaning ta’sir kuchi eng ortiq bo‘lgan davlatlarda ham zaiflashib borayotganin, Kreml uni saqlab qolish uchun harakat qilayotganini va bu yo‘lda yangi loyihalarga qo‘l urayotganini ko‘rsatmoqda.
Buni ham ko'ring Xitoyning Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadi nima?Joriy yilning sentabr oyida Tojikistonning beshta yirik shaharlarida Rossiya maktablari ochilishi, ba’zi maktablarda o‘quvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi ishlar shular jumlasidan.
Suhbatdoshimizning aytishicha, Rossiya shu paytgacha mintaqadagi, xususan, Tojikistondagi mavqeyini harbiy kuch bilan shakllantirgan va ushlab turgan edi. Ammo bundan keyin bu yo‘l ish bermasligi mumkin.
«Rossiya mintaqada harbiy bazasini joylashtirib, dunyoga Markaziy Osiyo o‘z ta’siri ostida ekanini namoyish etib kelgan. Ammo iqtisodiy jihatdan Rossiyaning mintaqaga sarmoya kiritish imkoniyati hamisha cheklangan.
Rossiya va G‘arb davlatlari orasida inqiroz kuchayishi ortidan Kremlning imkoniyatlari yana ham cheklandi. Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi tarqalganidan keyin armiyasi orqali Tojikistonda o‘z ta’sir kuchini saqlab qolgan edi.
Xitoy, farqli ravishda, mintaqaga sarmoya kiritish bilan o‘z ta’sir doirasini oshirib bormoqda. Ayniqsa, Tojikiston tog‘-kon sanoatida Xitoyning ulushi katta», –deydi Qodirov.
Buni ham ko'ring Markaziy Osiyo va Xitoy: Manfaat, hamkorlik, o’zaro aloqalarTabiiyki, har bir davlat, ayniqsa, nisbatan kambag‘al yoki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi sarmoyalarni jalb etish eng muhim ahamiyatga ega. Ammo suhbatdoshimizning fikricha, mintaqa davlatlari kelajakda Xitoyga qaram bo‘lib qolishi mumkin.
«Xitoyning sarmoya kiritishi yaxshi, albatta. Ammo ular har bir davlatga ichki holatdan kelib chiqib ish uslubini tanlaydi va shakllantiradi. Masalan, demokratik davlat va adolatli jamiyat bo‘lsa, Xitoy shunga muvofiq mamlakat ichki qonunlariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib boradi. Agar davlatda poraxo‘rlik avjiga chiqqan bo‘lsa, Xitoy poraxo‘rlarning tegirmoniga suv quyib, ishini bitirib ketaveradi. Ya’ni ular har bir davlatdagi ichki holatni, yozilmagan qonunlarni puxta o‘rganib, shunga qarab ish olib boradi. Shuning uchun, Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan, Tojikiston va Qirg‘izistonda poraxo‘rlik juda baland bo‘lganligi sababli Xitoyning sarmoyalari talon-taroj qilinadi va bu yaqin kelajakda xalq uchun bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin. Meni ana shu holat tashvishga soladi. Xitoy sarmoyalaridan kechib ketadigan davlat emas. Ya’ni, ular Yevropa, AQSh yoki Rossiya kabi vaziyatga qarab sarmoyalaridan kechib yubormaydi. Xitoy har bir sarflagan mablag‘ini qayta talab qiladi. Agar mablag’ shaklida qaytib ololmasa, boshqa shaklda undirib oladi. Masalan, tog‘-kon foydali qazilmalarini o‘zlashtirib olishi mumkin. Infratuzilmalarni qaytarib olishi mumkin. Xitoyning sarmoya kiritishida ana shunday xatar mavjud», – deydi tahlilchi.
Haqiqatdan ham, Xitoy 2011-yilda Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati bilan chegarasida 1158 kvadrat kilometr hududni ma’lum summadagi qarzlardan voz kechish evaziga Tojikiston tomonining roziligi bilan delimitatsiya va demarkatsiya qilib, o‘z foydasiga qonuniylashtirgan edi.
Buni ham ko'ring Tahlilchi: “Xitoy - Markaziy Osiyo uchun hamkorlik qilmaslik imkoni boʻlmagan ulkan kuch”Tahlilchi fikricha, mamlakat ichkarisidagi illatlar ham tashqi geosiyosiy kuchlar o‘z mavqeyini mustahkamlashiga qulay sharoit yaratib beradi va Xitoy kabi qudratli, tajribali va boy davlat bunday imkoniyatlardan unumli foydalanmay qolmaydi.
«Modomiki, Markaziy Osiyoda Xitoyning ta’sir kuchi mintaqada Kremlning siyosatiga ham bog‘liq ekan, bir narsani aytish mumkinki, Ukraina bilan urushda Rossiya mag‘lub bo‘lishi tayin. Biz Rossiyaga qattiq bog‘liq bo‘lganimiz uchun bu davlatning kelajagi qanday bo‘lishi vaziyatni belgilaydi va bugungi kunda katta ehtimol bilan bu davlat zaiflashadi.
Boshqa tarafdan, bugungi kunda G‘arb davlatlari biz Xitoy qarzlariga ko‘milib qolmasligimizni istaydi. Shuning uchun ham, ular Tojikistonga ko‘plab grantlar ajratmoqda. Ammo hammasi biz G‘arb moliyaviy institutlari tomonidan ajratilayotgan grantlar va imtiyozli qarzlardan qanchalik samarali foydalana olishimizga bog‘liq. Bizning poraxo‘rlik botqog‘iga botgan iqtisodimizning holati qanday bo‘ladi va bizni qayerga olib boradi?» – deya savol qo‘yadi Qodirov.