AQShning O’zbekistonga yangi elchisi Jonatan Henik Toshkentda Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorlig’ini topshirib, faoliyatini boshladi.
U, avvalo, jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashdi. Muloqotda u demokratik qadriyatlar, media roli, shuningdek, elchi sifatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Amerika-O’zbekiston aloqalari har jihatdan mustahkam,”- deydi Henik, o’tgan 30 yil mobaynida ikki davlat orasida shakllangan ishonch, hamkorlik, yaqinlik va tajribani e’tirof etarkan.
Elchi Henik deydiki, AQSh Prezident Shavkat Murziyoyev boshlagan islohotlarni quvvatlaydi, ular jadallashishini tilaydi va yordamni ayamaydi.
Henik - professional diplomat, uzoq yillar Davlat departamentida ishlagan. 1990-yillarda u Toshkentdagi elchixonada quyi lavozimda xizmat qilgan.
Elchi O'zbekistonni Markaziy Osiyoning yuragi deb biladi. Toshkent bilan hamjihatlik global ahamiyatga ega deb hisoblaydi.
Siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish - Henikning asosiy maqsadlari. Ularni amalga oshirish esa O'zbekiston hukumati va xalqi bilan yaqindan ishlashni taqazo etadi.
Buni ham ko'ring Jonatan Henik rasman AQShning O'zbekistonga elchisi