Qoraqalpog'iston Buxorodagi sud va adolat talabi, 1-qism

Your browser doesn’t support HTML5

Shu yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog’istonda yuz bergan qonli g'alayonlarga aloqadorlikda ayblangan kishilardan 22 nafari ustidan Buxoroda sud jarayoni avjida. Mahkamani kuzatayotgan AQSh O’zbekistonni shaffoflik va adolatni ta’minlashga chaqirmoqda. Respublikaning strategik sherigi, shuningdek, Ombudsman boshchiligidagi maxsus komissiyani Nukusdagi voqealar yuzasidan o’z xulosalarini imkon qadar tezroq e’lon qilishga undayapti. Bu komissiyaning ko’zga ko’ringan a’zolaridan biri, “Huquqiy tayanch” inson huquqlari tashkiloti rahbari, sobiq siyosiy mahkum A’zam Farmonov Buxorodagi sud muhokamasini yaqindan kuzatmoqda. “Amerika Ovozi” Farmonov bilan suhbatlashdi.

Shu yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog’istonda yuz bergan qonli g'alayonlarga aloqadorlikda ayblangan kishilardan 22 nafari ustidan Buxoroda sud jarayoni avjida. Mahkamani kuzatayotgan AQSh O’zbekistonni shaffoflik va adolatni ta’minlashga chaqirmoqda. Respublikaning strategik sherigi, shuningdek, Ombudsman boshchiligidagi maxsus komissiyani Nukusdagi voqealar yuzasidan o’z xulosalarini imkon qadar tezroq e’lon qilishga undayapti. Bu komissiyaning ko’zga ko’ringan a’zolaridan biri, “Huquqiy tayanch” inson huquqlari tashkiloti rahbari, sobiq siyosiy mahkum A’zam Farmonov Buxorodagi sud muhokamasini yaqindan kuzatmoqda. “Amerika Ovozi” Farmonov bilan suhbatlashdi. #karakalpakstan #uzbekistan #humanrights 1:42 Mahkama hukumat da’vo qilganidek ochiqmi? Qonun ustuvorligi ta’minlanishiga ishonch qanchalik? 4:09 Mahkama qancha davom etishi mumkin? 5:55 Sud nega Qoraqalpog’istonda o’tmayapti? 7:40 Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar bo’yicha jinoiy tergovni tugatganmi? Jarayon haqida nega biror ma’lumot berilmayapti? 9:06 1-2 iyul voqealariga aloqadorlikda gumon qilinib ushlanganlardan qanchasi qolgan? Mahbuslar soni qancha? 11:40 Komissiya aralashuvi bilan qo’yib yuborilgan mahbuslar taqdiri 14:15 Tekshiruv nega hamon tugamadi? 17:52 Komissiyaning asosiy vakolati, roli nimada? 20:14 Mahbuslar qiynoqqa solinganmi? 22:22 Mahbuslar sudga haqiqatni ayta oladimi? 23:43 Sud mustaqil hisoblanmagan O’zbekistonda xalqni va dunyoni adolat ta’minlanadi deya ishontirish oson bo’lmaydi 28:02 Jinoiy tergov qanchalik haqqoniy olib borilgan? 29:33 Sudlanayotgan 22 shaxsdan biri ayol kishi, Lolagul Kallixanova. U hozirgcha sudga nimalar dedi?