AQShning xavfsizlik bo’yicha yuqori darajali rasmiysiga ko’ra, Amerika chegaralari – umuman chegaralar – Qo'shma Shtatlarni kuchayib borayotgan turli tahdidlardan, shu jumladan, xorijiy urushlardan himoya qilish uchun yetarli emas.
Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkasning aytishicha, AQShning dushmanlari va jinoiy uyushmalar bugun texnologik yutuqlardan foydalanib, mamlakat ichkarisiga kirib kelish imkoniyatiga ega.
“Biz endi chegaralar yoki harbiy yo’llar bilan cheklanmagan yangi turdagi urushga duch kelyapmiz”, - deya qo’shimcha qildi Mayorkas Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida tinglovchilar bilan suhbatda.
Your browser doesn’t support HTML5
"Hamma joyda mavjud boʻlgan ilgʻor texnologiyalar, iqtisodiy va siyosiy beqarorlik hamda globallashgan iqtisodiyotimiz chegaralarni yoʻq qilishi tobora koʻproq tahdid va xavflarni bevosita jamiyatimizga olib kirmoqda”, - dedi u.
Mayorkas 2017-yilning iyun oyida Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi uyushtirilgan, ammo tezda Yevropa va AQShdagi bizneslarga, shuningdek, AQShning ayrim sogʻliqni saqlash tizimlariga taʼsir qilgan “NotPetya” kiberhujumini misol qilib keltirdi.
“NotPetya” AQShni qasddan nishonga olmagan bo'lsa-da, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bundan o’ziga saboq chiqardi.
"Bizga zarar yetkazmoqchi bo'lganlar bizning zamonaviy dunyomizni belgilaydigan ochiqlikdan foydalanadi, - dedi Mayorkas. - Ular buni savdo va sarmoya oqimi, bizni bir-biriga bog‘lab turgan jadal rivojlanayotgan texnologiyalar va bitta sichqonchani bosish orqali dunyo bo‘ylab tarqaladigan axborot orqali amalga oshiradi”.
Buni ham ko'ring Xitoy AQSh tashkilotlariga kiber hujum uyushtirganlikda gumon qilinmoqdaMayorkas Rossiya va Xitoyni eng katta tahdidlar deb ta'riflab, ikkalasida ham AQShga zarar yetkazish uchun keng vositalar va siyosiy iroda borligi haqida ogohlantirdi.
Xitoy, Mayorkasning so'zlariga ko'ra, "muhim infratuzilmamiz xavfsizligiga putur yetkazish, inson huquqlariga tajovuz qilish va amerikalik ishchilar va bizneslarga zarar yetkazish uchun texnologiyamiz va ma'lumotlarimizga kirish maqsadida turli vositalaridan foydalanmoqda".
Rossiya va Xitoy AQSh da’volari yuzasidan izoh bermadi.
Federal Qidiruv byurosi direktori Kristofer Rey ham o'tgan hafta Michigan universitetida o’tgan suhbatda Xitoyda "barcha yirik davlatlarnikini qo’shib hisoblagandan ham ko'ra kattaroq xakerlik dasturi mavjud" va Xitoy Amerikaning shaxsiy va korporativ ma'lumotlarini eng ko’p og’irlagan davlatdir.
Shuningdek, o'tgan hafta AQSh Milliy razvedka direktori Avril Xayns Reygan Milliy Mudofaa forumida amerikaliklar “TikTok” kabi Xitoy ijtimoiy tarmoq ilovalaridan foydalanishi xavotirli ekanini aytdi.
AQShning boshqa yuqori martabali kiber mansabdor shaxslari ham Eron va Shimoliy Koreya xakerlari hukumat buyurtmasi asosida AQShga zarar yetkazish uchun urinishlarini tilga oldi.
Buni ham ko'ring Xitoy kvant texnologiyalarini harbiy sohaga jalb qilishi mumkinMayorkas, shuningdek, AQSh dushmanlarining chegaralarni buzib kirish qobiliyati kiber soha bilan cheklanib qolmasdan, transmilliy jinoiy tashkilotlar orqali ham o’zini namoyon qiladi.
U xorijiy va mahalliy terrorchi guruhlarning tobora dinamik va murakkab tahdidlariga ishora qilib, aviakompaniyalarni yo'lovchilarni yanada yaxshiroq tekshirishga chaqirdi.
Mayorkasning so'zlariga ko'ra, buzilgan immigratsiya tizimi va AQShdagi favqulodda ob-havo falokatlari ham mamlakat yuzlashayotgan tahdidlar sirasiga kiradi.