Supero'tkazgichlar energiya olamida inqilob yasashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Texnikalarning tez va tejamkor ishlashida elektr tokini qarshiliksiz o’tkazadigan supero’tkazgichlarning o’rni katta. Ularning ba’zilari samarali ishlashi uchun o’ta sovuq muhit kerak. Olimlar yuqori haroratda ham ishlay oladigan supero’tkazgichlarni topish ustida ish olib bormoqda.

Tibbiy diagnostika jihozlaridan tortib, rels ustida muallaq suzuvchi o’ta tezkor poyezdlargacha bo’lgan turli texnologiyalar qarshiliksiz elektr to’lqinini tashuvchi supero’tkazgichlar tufayli ishlaydi.

Bunday materiallarning ko’piga xona haroratidan 100 marta sovuqroq bo’lgan muhit kerak. Bu esa qimmat va noyob suyultirilgan geliyni talab qiladi.

Kanzaslik olim Jo Ek xona haroratida ishlovchi supero’tkazgichlarni qidirmoqda.

“Agar shunday o’tkazgichlarni yarata olsak, sovutgichga hojat qolmaydi”, - deydi u.

Bunday ixtiro elektromobillarning zaryadsiz uzoqroq yurishini hamda kompyuterlar hajmining yanada kichikroq bo’lishini tam’inlaydi.

“Bir necha xonani egallovchi superkomyuterlar xonadonlarga kirib borishi mumkin”, - deydi u.

Buni ham ko'ring AQSh mikrosxema ishlab chiqarish va tadqiqotlar uchun 280 mlrd. dollar sarflaydi

Ba’zi laboratoriyalarda xona haroratida ishlovchi supero’tkazgichlar yaratilgani haqida xabarlar bor. Lekin buning amaliyotda ishlashini shubha ostiga olayotganlar ham yo’q emas.

Ek o’z tadqiqotida kukunlardan foydalanmoqda.

“Vismut, skandiy, kadmiy oksidi kabi xavfli moddalar bilan ishlaymiz”, - deydi u.

Ish stolida ularni bir-biriga qorishtiradi.

Los-Alamos milliy laboratoriyasi xodimi Din Piterson Ek ishi bilan tanish. Agar xona haroratida ishlovchi supero’tkazgichlar yaratilsa, dunyo energiya taqchilligidan qutuladi, deydi u.

“Bu 70 yildan beri qidirilayotgan qimmatbaho matoh”, - deydi olim.

Your browser doesn’t support HTML5

Kvant teleportatsiyasi: Bugun nimaga qodirmiz?

Koloradolik Danko van der Lan xona haroratidan to’rt baravar sovuqda tok o’tkazuvchi noyob metallga ega kabellar ishlab chiqarmoqda.

“Xona haroratidan bor-yo’g’i 4 baravar sovuqda ishlaydigan supero’tkazgichni yaratishning o’zi katta qadam”, - deydi u.

Qalinligi qalamdek bu sim bir bog’lam an'anaviy kabellar darajasida elektr oqimini o’tkaza oladi. Bu izlanishlar kun kelib elektr samolyotlari va ixcham termoyadroviy reaktorlar yaratilishigacha bo’lgan kashfiyotlarga turtki berishi mumkin.