Sumayra Saidiy afg’onistonlik ayollarning ovozi bo’lish orzusida edi. U mamlakatning sharqiy qismidagi Nangarhor universitetining talabasi edi. O’qishning 3-yilida Tolibon u kabi qizlarga o’qishni man etdi.
“Maqsadlarimga erishishimga juda oz qolgan edi”,- deydi Sumayra.
U o’qishni bitirib o’ziga ish qidirishi o’rniga uyida o’tiribdi, imkonsiz.
“Aka-ukalaringiz ham siz kabi inson. Ularga uyidan chiqish va tahsil olishga ruxsat berilgan. Siz esa uyingizdan ham chiqa olmaysiz. Bu juda qiyin. Bu dardni yolg’iz afg’on qizlari hiss eta oladi”,- deydi Sumayra.
2021-yil yozida Tolibon boshqaruvni qo’lga olar ekan, xotin-qizlar va ommaviy axborot vositaga nisbatan jiddiy cheklovlar joriy etgan.
Ayollarga mahramsiz uyidan chiqishga ruxsat yo’q. Ularning nodavlat idoralar va madaniy tashkilotlarda ishlashi, ommaviy parklar va sport klublariga qatnashishi taqiqlangan.
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, ommaviy axborot vositalarida ishlagan har to’rt ayoldan uch nafari ishidan ayirilgan.
Samayraning ustoziga ko’ra, bu qiz boshqalardan ajralab turadi.
“Sumayra Jurnalistika fakultetining iste’dodli talabasi edi. Juda faol. Bo’sh paytlarida kutubxonga borib mutolaa qilib, yozar edi. U kelajakda iste’dodli jurnalist bo’lishi orzu qilaman”,- deydi o’qituvchi.
BMT Tolibondan qizlarni o’qishi uchun sharoit yaratishni so’rab keladi. Tashkilot nazarida, toliblarning hozirgi siyosati - qonunbuzarlik.
“Bu yo’lda yolg’iz o’zimiz kurasha olmaydiz. Kattalar, o’qituvchilar, otalar, aka-ukalarimiz imkon qadar quvvatlashlari kerak”,- deydi Sumayra.