Huquq himoyachisi Gulnoz Mamarasulova bilan suhbat: Qoraqalpog'istonda 2022-yilning 1-2 iyulidagi qonli voqealar yuzasidan Buxoroda bir oydan oshiq davom etgan sud ishi yakunida e'lon qilingan hukmda barcha ayblanuvchilar, ya'ni 39 qoraqalpoq aybdor deb topilgan. Ulardan 11 nafariga shartli jazo tayinlanib, sud zalida ozod etilgan.
Nukusdagi g'alayonlarda, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 21 odam kishi o'lgan. Qoraqalpog'ston Respublikasining maqomi O'zbekiston konstitutsiyasida o'zgartirilishiga keskin norozilik bir necha ming fuqaro ishtirokidagi sayldan to'polon va zo'ravonlikka ayblangan edi.
31-yanvarda tugagan birinchi sudda o'tgan yilgi qon to'kilishlarida ayblangan 22 kishining hammasi aybdor deb qayd etilib, olti nafari erkinlikni cheklash hukmi bilan qo'yib yuborilgan.
Shu kungacha jami 61 qoraqalpoq sudlanib, jazoga mahkum etildi, ammo ommaviy norozilikka turtki bergan tashabbuslar ortidagi odamlar javobgarlikka tortilmadi.
AQSh, BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari adolat ta'minlansin va o'tgan yilgi voqealarda qonunni buzgan mutasaddilar va xavfsizlik organlari xodimlari ham tergov qilinib, sud oldida qilmishi uchun javob bersin, deya undab kelmoqda. Hukumatga ko'ra, uch kishi hibsda, ammo sud qachon va qayerda bo'lishi hozircha noma'lum.