Breaking News

Advokat: Dauletmurat Tajimuratov - siyosiy mahbus


Dauletmurat Tajimuratov, o'ng tarafdan, o'tgan yilning iyul oyida Nukus va uning atrofida yuz bergan qonli voqealarda aybdor deb topilgan va eng og'ir jazo, 16 yillik qamoqqa loyiq ko'rilgan
Dauletmurat Tajimuratov, o'ng tarafdan, o'tgan yilning iyul oyida Nukus va uning atrofida yuz bergan qonli voqealarda aybdor deb topilgan va eng og'ir jazo, 16 yillik qamoqqa loyiq ko'rilgan

Joriy yilning 31-yanvarida 16 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Dautletmurat Tajimuratovning advokati Sergey Mayorov Prezident Shavkat Mirziyoyev va O'zbekistonda adolat ta'minlanishi uchun mas'ul barcha mutasaddilarga murojaat qilib, mahbusning huquqlari hurmat qilinishini talab qilmoqda.

Tajimuratov hukmdan norozi bo'lib, yuqori sudga arz qilgan. Buxoroda o'qilgan bu hukm hali kuchga kirmagan, deydi Mayorov. Mahbus hozir Toshkentda saqlanmoqda va advokatning tasvirlashicha, ahvoli og'ir.

Mayorov deydiki, Tajimuratovni ataylab azoblashmoqda, chunki u siyosiy sabablar bilan sudlangan va jazoga loyiq topilgan inson. Advokat uni shu bois "siyosiy mahbus", deb atamoqda.

Sergey Mayorov, O'zbekistonda siyosiy mahbuslarni himoya qilib tanilgan advokatlardan
Sergey Mayorov, O'zbekistonda siyosiy mahbuslarni himoya qilib tanilgan advokatlardan

Tajimuratov va yana 60 qoraqalpoq o'tgan yilning iyul oyida Nukus va uning atrofida yuz bergan qonli voqealarda aybdor deb topilib, aksariyati qamoq jazosiga mahkum qilingan. 17 kishi shartli jazo bilan qo'yib yuborilgan.

1-2 iyul kunlari Nukusda o'nlab ming fuqaro O'zbekiston konstitutsiyasida Qoraqalpog'iston bilan bog'liq moddalar o'zgartirilishiga qarshi namoyishga chiqqan edi. G'alayon 21 kishining o'limi bilan tugagan. Konstitutsiyada Qoraqalpog'iston borasida biror o'zgarish qilinmaydigan bo'lgan.

Norozi qoraqalpoqlar nazarida bu voqealar uchun faqat namoyishchilar emas, mutasaddilar va xavfsizlik organlarining xodimlari ham javobgarlikka tutilishi kerak.

O'zbekiston hukumati Mayorovning talablari yuzasidan hali munosabat bildirmagan. O'tgan yilgi tartibsizliklarda ayblanib, uch xizmatchi hibsda ekani aytiladi, biror ularning sudi haqida biror ma'lumot yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG