Rossiya demokratiya yo'lidan borayotganini da'vo qildi, aslidachi?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiyaning demokratiya da'vosi qanchalik to'g'ri?

AQSh Davlat departamentining so’nggi hisobotida Rossiyada inson huquqlari poymol etilayotgani, siyosiy erkinliklar yo’qligi qayd etilgan.

Mamlakatning “avtoritar siyosiy tizimi”da, deyiladi unda, “Prezident Vladimir Putin hukmron”.

Vaziyat bunday tasvirlanganidan norozilik bildirib, Rossiyaning AQShdagi elchixonasi, “Rossiya oʻz tarixiy tajribasi va anʼanalariga tayanib demokratiya yo’lidan borayapti,”deb bayonot berdi.

Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin?

Vashingtondagi “Ozodlik uyi” huquq tashkilotiga ko’ra, 23 yillik boshqaruvi davomida Putin Rossiyani “to’laqonli avtoritar rejim”ga aylantirgan.

Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi faqat qog'ozda. Rossiya sudlari va qonun chiqaruvchi organlari amalda Kremldan mustaqil emas.

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya, xalqaro sud va Donbass haqidagi yolg’onlar

Rossiyaning "boshqariladigan demokratiyasi" hukmron elitaning saylovlar ustidan nazoratini anglatadi, bu saylovlar erkin va adolatli emas.

Byulletenlarni soxtalashtirish, ovozlarni sotib olish, saylovchilarni qo‘rqitish, tanqidchilarni qatag’on qilish va mustaqil siyosiy partiyalarni bostirish Putin davrida odatiy holga aylangan.

Vladimir Kara-Murza va Aleksey Navalniy kabi muxolifatchilar, xalqaro ekspertlarga ko’ra, Kremlning tanqidchilariga “ochiq, vahimali ogohlantirish” yuborish maqsadida zaharlangan.

Buni ham ko'ring Gaaga: Media erkinliksiz demokratiya bo'lmaydi

Shu bilan birga, etnik, diniy va jinsiy ozchiliklar muntazam ravishda ta'qibga uchramoqda.

2022-yilda Moskvaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng Rossiyada so‘z va axborot erkinligi, uyushish huquqi yanada cheklangan.