AQShni 2017-2021 yillar orasida boshqargan Donald Tramp Nyu-York shahridagi osmono'par koshonasidan maxfiy xizmat nazorati ostida bugun sudga olib borildi. Unga 34-moddaga asoslangan ayblov o'qib berildi. Tramp o'zining aybsiz ekanini aytdi. Keyingi tinglov 4-dekabrda.
Tramp Florida shtatidagi uyiga qaytib, tarafdorlari bilan yirik tadbir o'tkazmoqda.
Tramp Manhettan tumani prokuraturasi tomonidan 2016-yilgi saylov kampaniyasi paytida moliyaviy qallobliklarda ayblanmoqda. Xususan, deya bildiradi organlar, ikki ayol bilan ishqiy aloqalari muhokamaga chiqmasligini uchun ularga katta miqdorda pul bergan va bu mablag' saylov kampaniyasi hujjatlarida yuridik xizmat sifatida qayd etilgan.
Aybdor dep topilgan taqdirda har bir modda bo'yicha to'rt yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin, ammo bunday ehtimol juda past, deydi yuristlar. Navbatdagi tinglovda sudya buyog'iga qanday ish tutilishini e'lon qiladi.
Bu sud ishi Trampning saylov kampaniyasini to'xtatmaydi va unga prezidentlik uchun kurashishda to'siq emas.
Your browser doesn’t support HTML5
Tramp yuzlashgan sudya Xuan Merchan kameralarga ruxsat bermagan.
Ikki bor impichment jarayonidan o'tgan, Senat tomonidan oqlangan Tramp AQSh tarixida jinoiy ayb qo'yilgan yagona sobiq prezidentdir.
Uning bosh advokati Jo Takopina deydiki, mijozi hech bir aybga iqror bo'lmaydi.
Nyu-Yorkka Tramp tarafdorlari yig'ilib, norozilik namoyishlari o'tkazdi.
2024-yilda prezidentlikka saylanish uchun targ'ibot olib borayotgan Tramp hisobiga o'tgan uch kunda uni quvvatlovchilardan 8 million dollar tushgan.
Buni ham ko'ring Trampning o'zi politsiya va sud huzuriga boradiHuquqshunoslarning aytishicha, bu ish Tramp kampaniyasini to'xtatish uchun yetarlicha asos emas. Bugun sudda tovon to'lash ham talab qilinmasligi mumkin.
Tramp faoliyatini yaqindan kuzatib kelayotgan Jon Maklaflin fikricha, sobiq prezident bugungi holatdan o'z nufuzi uchun foydalanadi.
"Jarayonga hurmat bilan yondashib, undan sharaf bilan chiqib ketdi. U kuchli inson. Oliyjanobligi uchun uni yaxshi ko'ramiz. Saylovda ham yuta oladi", - deya ishonch bildiradi Maklaflin.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Jo Baydenni qoralab chiqqan. Uning fikricha, aslida hozirgi prezident sudlanayotgan bo'lishi kerak.
Oq uy Tramp ishi yuzasidan bayonot bermagan. Kongress a'zolari qonun ustuvor davlatda adolatni sud ta'minlaydi, deya eslatmoqda. Respublikachilar Trampning yonini olmoqda, demokratlar esa har kimsa o'z qilmishi uchun javob berishi kerak, deydi.
Tramp saylov kampaniyasi Nyu-Yorkdagi ishdan siyosiy maqsadlar yo'lida foydalanishga va media e'tiborni boy bermaslikka harakat qilmoqda.