"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonga real fuqaro jamiyati kerak
Your browser doesn’t support HTML5
15 yil oldin O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash boshlagan "Paxta kampaniyasi", G'arbda asoslangan xalqaro koalitsiya respublikada bugunga kelib bu masala keng miqyosda hal etilganini e'tirof etadi. Paxta dalalarida odamlar hukumat buyrug'i bilan oldingidek zo'rlab ishlatilayotgani yo'q, deya hisobot beradi koalitsiya. Endigi zarur qadam - kuchli fuqaro jamiyati qurish, toki tizim adolatli va shaffof ishlashini media, nohukumat tashkilotlar va kasaba uyushmalari erkin nazorat qila olsin. Qonun ustuvorligini ta'minlash fuqaro jamiyatisiz kechmaydi. Vashingtonda bu hafta kechgan xalqaro anjumandan lavha.